Mercedes G-Class’ga xitoycha javob – BYD SF yo‘ltanlamasini ishlab chiqaradi

Mercedes G-Class’ga xitoycha javob – BYD SF yo‘ltanlamasini ishlab chiqaradi

BYD kompaniyasi tez orada F nomi ostida yangi modelni taqdim etishini ma’lum qildi.

BYD F brendi qatorining ilk modelini 2023 yil yozida sotuvga chiqaradi. Biroq birinchi model haqida batafsil rasmiy ma’lumot keyinroq e’lon qilinishi aytilgan.

2022 yil noyabrida F brendi ilk bor «professional va personallashgan» ta’rifi bilan eslab o‘tilgan. U BYD’ning Denza va Yangwang brendlari oralig‘idagi modellar qatori sifatida ishlab chiqarilishi ta’kidlangan.

Mart oyida yo‘ltanlamasning ilk suratlari paydo bo‘lgandi. Ekspertlar BYD SF’ni Mercedes G-Class’ning raqobatchisi sifatida ko‘rmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, SF iyun oyida Xitoy bozori uchun sotuvga chiqishi mumkin.

Modelning uzunligi 5 metrga teng. U 680 ot kuchini beradigan dvigatel bilan jihozlanadi. Bir martalik to‘la quvvatlanish bilan 1200 kmgacha masofani bosib o‘ta oladi va o‘zida eng zamonaviy texnologiyalarni mujassam qiladi. Narx esa komplektatsiyasiga qarab 57 000 dollardan 85 620 dollargacha bo‘ladi.

Qayd etilishicha, F brendining ikkinchi modeli pikap bo‘ladi. Bu modellar BYD’ning Chjyenchjoudagi zavodida ishlab chiqariladi. Ushbu zavod 2023 yilning aprel oyida faoliyatini boshlagan. Ayni damda bu yerda Song Plus krossoverlari ishlab chiqarilmoqda.

Kommentlar: 23 komment. 23 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Дизайни узгачакан

  2. Aziza

    Xitoyda zur narsala 4iqaziwvotti smile

  3. Gulli

    Menga uncha yoqmadi tuzulishi lekin Ajoyib mashinaligi korinib turibdi

  4. Тимур

    Дизайни ёкмадими?

  5. Aziza

    Ustini ye4ib tawasa bularmikan

  6. Gulli

    Assalom alaykum Temur aka shunday desa ham boladi

  7. Aziza

    Ustini ye4ib tawasa, 4iroyli kuriniwi kere

  8. Otabek

    Klass!

  9. Gulli

    Bilmasam

  10. Munisa

    negative yoqmadi

  11. Gulli

    Nega yoqmadi tuzulishimi yoki rangi

  12. Munisa

    Uzi yoqmadi unknw

  13. Gulli

    Ha mayli

  14. Samir

    good good

  15. Marvarid

    Chiroyli

  16. Doniyorbek

    BYD yaqinda hamma shunday mashinalarga

  17. Javlon

    Nima?

  18. Gulli

    Nega aynan BYD

  19. Doniyorbek

    UzAvto bilan shartnoma qilishdi

  20. Gulli

    Assalom alaykum ha yaxshi rahmat

  21. Ezoza

    heart

  22. Rasulbek

    Krasota

  23. Izzat

    good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social