O‘zbekistonga AQShdan 3 million doza «Moderna» vaksinasi olib kelinadi

O‘zbekistonga AQShdan 3 million doza «Moderna» vaksinasi olib kelinadi

AQSh COVAX dasturi doirasida 3 million doza “Moderna” kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini beg‘araz yordam sifatida ajratdi. Vaksinalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX dasturi orqali ajratildi va 29 iyul kuni Alabama shtatidan maxsus reys bilan O‘zbekistonga yetkaziladi

AQSh Oziq-ovqat va dori vositalari sifati nazorati boshqarmasi (FDA) 18 yoshdan katta shaxslarda COVID-19’ning oldini olish uchun “Moderna” vaksinasini ma’qulladi. “Moderna” Jahon vaksinalar kongressi tomonidan koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina deb topilgan. Ushbu preparatning samaradorligi 94 foizdan yuqori, emlash kursi bir oy oralig‘ida qo‘llaniladigan 2 dozadan iborat.

“Moderna” vaksinasini boshqa preparatlardan farqli o‘laroq oddiy sovutgichda saqlash mumkin, bu uni keyinchalik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqatilishini osonlashtiradi.

Avvalroq, AQSh Tojikistonga 1,5 million doza “Moderna” vaksinasi yetkazib bergani xabar qilingandi.

O‘tgan hafta AQSh davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Jalina Porter brifing vaqtida AQSh 23ta davlatga, jumladan, Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida 22 mln doza vaksina yo‘llaganini ma’lum qilgan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Komil

    Sizam vaksinalarni reklama qivossilami??? Odamni 6ldiradiku ula! bilmasdan nima qilasila yozib!!!

  2. Qodir

    Vaksina bar4amiz qiliwimiz kere! U siz yuriw mumkin emas!

  3. Saida

    Bugun birin4i ukolni qildim, 6zimni yaxwi his qilyapman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social