Vatan himoyachilari kuniga qanday sovg`a tanlaymiz?

Vatan himoyachilari kuniga qanday sovg`a tanlaymiz?

Mamlakatimizda 14 yanvar` — Vatan himoyachilari kuni katta bayram sifatida keng nishonlanib kelinadi. Ushbu bayramni nishonlash va akalarimiz xamda oila a`zolarimizni tabriklash uchun sovg`a qidirib, akalarimizga yoki turmush o`rtog`imizga nima sovg`a qilsak ekan deb o`ylanib qolamiz. Albatta bozorga yoki magazinga kirsak yigitlar uchun sovg`alar juda xam ko`p. Ammo narxi xar doim ham bizga to`g`ri kelmaydi.  Yoki bozorga borishga vaqtimiz bo`lmay shoshilib magazinga kiramiz va ko`zga ko`ringan narsani olamiz.

Aslini olganda sovg`aning katta kichikligi bo`lmaydi. Sovg`a bari bir bu qanday bo`lishidan va narxi qancha turishidan qat`iy nazar sovg`a bo`lib qolaveradi. Ko`pgina xollarda biz sovg`a berishda bir xillikni va xar yilgidek bir xil sovg`a berishni yoqtirmaymiz. Xar doim bayramga nima sovg`a qilsam bo`ladi deb o`ylanib qolamiz?

Eng avvalo bizning ularga bo`lgan xurmatimiz va ularni qadrlashimiz muximdir. Ularni iliq so`z va chin yurak bilan tabriklash juda ham muhimdir. Xar bir inson shirin so`z va dalda so`zlarga juda ham muxtojdir. Sovg`aga kelsak olgan har bir sovg`amizni nafaqat chiroyli so`zlar bilan berish balki, sovg`amizning qanday ahamiyati borligini bilish ham juda ham muhimdir.

O`rta asarlarda ayollar va qizlar o`z turmush o`rtoqlariga yoki sevgilisiga dastro`mol yoki sharf tikib sovg`a qilishgan. Ritsarlar esa ushbu dastro`molni o`z nayzasi uchiga ilib qo`ygan. Buning ma`nosi, nayza uchidagi dastro`mol ritsarga xar doim o`z turmush o`rtog`ini yoki sevgilisini eslatib turgan va jangda g`alaba qozonishga kuch bergan.  O`sha davrda ritsarlarga dastro`mol va sharf sovg`a qilishning yana bir qiziqarli ma`nosi bu – “Biz sizlarga ishonamiz” degan ma`noni anglatgan.

19 asrda Buyuk Britaniyada sevgilisining bosh xarfi tushirilgan dastro`mol, askar yigit uchun, eng qadrli sovg`a bo`lgan. Askar esa bu dastro`molni xar doim yonida saqlab yurgan. Keyinchalik  yosh yigit bu xaqda barchaga so`zlab bergan. Qolaversa, ba`zi bir askarlar jangda jarohat olgan vaqtida, shu dastro`molni jarohatiga bog`lab qo`yishar va ular buni o`zlari uchun malxamdek bilishgan.

Shunday ekan olayotgan xar bir sovg`amizning qimmatligi va narhi muhim ahamiyatga ega emas balki sovg`amizning ma`nosi va  uning qadri juda ham muhimdir.

Sizu bizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz kurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya kilinmokdaki, mana shunday mas`uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo`layotgan o`g`lonlarimizni xar qancha e`zozlasak, ko`kka ko`tarsak, arziydi.

Kommentlar: 39 komment. 39 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Бек

    Аслини олганда совғанинг катта кичиклиги бўлмайди. Совға бари бир бу қандай бўлишидан ва нархи қанча туришидан қатъий назар совға бўлиб қолаверади.

  2. milan

    manimcha ko’pchilik bu bayramda dastro’molnimas, balki iPhone 5 yoki samsung galaxy NoteII ni olishni ko’pro xoxlasalar kere

  3. LoLa

    zo’r maslahat :)! Lekin hozir ko’pchili bunday sovg’alani berish yoki olishni yoqtirishmeydi, sovg’aga bo’lgan shasht ancha o’zgargan

  4. анора

    барчани 14 январ, Ватан химоячилари куни билан табриклайман, халкимиз бахтига хамиша сог саломат булинг

  5. Voriz

    xa prikol, agar qizlarga 8 martga dastro’mol sovg’a qilsak ularning xolati qanka bularkan? ))) nima yig’itlar faqat dasto’rmon va paypoqlarga loyiqmi???

  6. Ман

    Азиз химоячиларимиз, бахтимизга соғ омон бўлинглар! Байрамингиз муборак бўлсин.

  7. Номаълум

    rahmat shu bayramni unutmagiz uchun

  8. Dildora

    Sevgan yigitiga nima sovg’a bersa bo’ladi

  9. Marjona

    Bozorga borib rasmsiz futbolka olasiz va tikuvchiga borib o’sha futbolkaga tilagiyizi yozdirasiz bu faqat bayramla uchun emas boshqa paytlarda ham sovg’a qilsa bo’ladi .undan tashqari texnika telefon mp3player naushnik (oddiy naushnikmas)sovg’a uchun ayni muddao

  10. Intizor

    Barcha yigitlani tabrikliman vatan oldida va albatta ota onasi oldida sog’ omon yurila
    yigitlaga tasbex bersa xam boladi axir nomoz oqiydiganlaram kammas kop pul xam chiqmidi

  11. Интизор

    Маслахат берворилаа 14чи январга нима совга килиш мумкун

  12. Fazo.tv

    Salom Интизор! Yigitga gadjetlar juda yoqadi, yoki sportga qiziqsa, o’sha sport turiga munosib sovg’alar ham zo’r bo’ladi

  13. Marjona

    Ustozlarga nima sovgʻa bersa boladi

  14. NappiOff

    Taniwimga nima sovgʻa qiliwni bilmayapman tavsiya bervorila atiga 1kun qoldi xolosoʻgʻil bola 14yanvar juda ogʻir kun bankrot

  15. Fazo.tv

    Salom NappiOff! Yigitlarga gadjetlar, sport uchun narsalar va kiyim sovg’a qilsa bo’ladi smile

  16. Eliza

    Men rasmi solingan bokal va yaxshi duxi oldim.Shirinlik bn albatta

  17. Fazo.tv

    Juda zo’r sovg’alar bo’libti Eliza! Juda xursand bo’lgandir?

  18. oilam baxtim

    Dadamga 14-yanvarga nima sovga qisam boladi

  19. Fazo.tv

    Salom oilam baxtim! Dadangiz nima yoqtiradilar?

  20. Guli

    Salom men sinfdoshimga nima olsam buladi

  21. Fazo.tv

    Salom Guli, budjetlarga qarab, krujka, telefon uchun narsalar yoki qandaydir kichkina gadjetlar

  22. Risolatxon

    Sevgan insonmga nima sovga qilsam boladi maslahat bervorilar

  23. Fazo.tv

    Salom Risolatxon, sevgan insoningiz nimalarni yoqtiradi va nimalarga qiziqadi?

  24. Shox

    Sevgan yigitimga nima bersam boʻladi

  25. Fazo.tv

    Salom Shox, kitob, gadjet, kiyim, sharf smile

  26. Qaysarcha

    Biz qizlar o‘g‘il bollarga nima yoqsa o‘shani olsak bo‘ladi.
    Asosan men estalikka qoluvchi sovg‘a olaman va yoniga chiroyli to‘rt va ichimlik qo‘shib qo‘yaman. Hamma nima olishga qurbi yetsa o‘sha sovg‘ani olishiga maslaxat beraman. Biz yana 14 yanvar sifati bilan ularga kotta bayram uyishtiramiz va bu bayramda ular mazza qilib xursandchilik qiladi. Bu quvonch ularga kotta sovg‘a

  27. Otabek

    Juda tugri yozdiz. Barakalla!

  28. Anonim

    snfdoshlarimga nma sovga qisam boladi esda qoladigan narsaladan smile

  29. Тимур

    Гаджет smile

  30. Shamsinur

    Coach azosiga va uni o’rganish uchun nima qilish kk

  31. Тимур

    Тренергами?

  32. Shoni

    Sevgan yigitmga nma sovğa qilsam boladi nma olishni bilmayabman

  33. Тимур

    Салом, гаджетла яхши совга булади

  34. Anonim

    14-yanvarda sinfdoshlarga qanday sovg’a bersa bo’ladi

  35. Aziza

    Hali 2 oy borku laugh

  36. Nozima

    Yigitimga 14-yanvarga nima sovgʻa qilsam boʻladi

  37. muslmanka

    sinfdoshmga nma sovg’a qisam bo’ladi

  38. Guli

    Assalom Alaykum Musulmanka Sharf yoki qoʻlqoplar yoki rubashka lekin atir soat ayriliqqa sabab boʻladi deyishadi shu uchun oʻz variantimni aytdim yoki chashka koffe ichish uchun yana bilmadim va bayram tabrigi yozilgan maktub boʻlsa ham ajoyib manimcha ha yana oʻylanib koʻrib keyin yozaman smile

  39. Guli

    Yoki oʻziga yoqadigan narsalar bildirmasdan soʻrab koʻring boshqa doʻstlardan unga nima yoqadi nima yoqmidi shunga qarab harakat qiling agar unga juda yaqin boʻlsangiz unga nima yoqishini bilib olardiz tezda smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social