2019 yildagi birinchi El Clasico. Ispaniya kubogi. “Barselona” 1:1 “Real Madrid”

2019 yildagi birinchi El Clasico. Ispaniya kubogi. “Barselona” 1:1 “Real Madrid”

Ispaniya Kubogining 1/2 final uchrashuvi doirasida “Barselona” va “Real Madrid” to’qnashuvi bo‘lib o‘tdi.

O’yining 6-daqiqasida Karim Benzema uzatmasidan so‘ng Lukas Vaskes “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi (1:0).

2-bo‘limning 58-daqiqasida, kataloniyaliklar a’zosi Malkom Keylor Navas qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).

Musobaqa yarim finalining dastlabki uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi va g’olib nomi aniqlanmadi.

Javob o‘yini 28-fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Gollar: 0:1 – 6 Vaskes, 1:1 – 57 Malkom.

“Barselona” – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur, Buskets, Koutino (Messi, 63), Rakitich (Vidal, 63), Malkom (Alenya, 76), Suares.

“Real Madrid” – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente (Kazemiro, 63), Vaskes (Asensio, 84), Modrich, Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.

Ogohlantirishlar: Ramos (10), Nelson Semedu (43), Suares (56), Marselo (57), Alba (58), Vidal (88).

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social