28:0! Habib Nurmagomedov Dastin Poreni muddatdan oldin mag‘lub etdi

28:0! Habib Nurmagomedov Dastin Poreni muddatdan oldin mag‘lub etdi

Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 242 turniri chempionligi uchun jang o‘tkazildi. Unda UFCning yengil vaznida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Porega qarshi oktagonga chiqdi.

Habir Nurmagomedovning to‘liq ustunligida o‘tgan jangning uchinchi raundi boshida UFC chempioni Nurmagomedov bo‘g‘uvchi usuli bilan g‘alaba qozondi.

Bu yutuq 30 yoshni qarshilagan Habib Nurmagomedovning karerasidagi 28-g‘alabasi bo‘ldi. U shu paytgacha biror marta yutqazmagan.

Habib Nurmagomedov faoliyatida ikkinchi bor kamarni himoya qila oladi. Bundan oldin u irlandiyalik jangchi Konor Makgregorni muddatdan oldin taslim qilgan edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social