Angliya Premier-ligasi: “Liverpul”- “Chelsi” 0:2 (+video)

Angliya Premier-ligasi: “Liverpul”- “Chelsi” 0:2 (+video)

Angliya Premier-ligasi 36-tur markaziy uchrashuvida Liverpul` o`z uyida “Chelsi” ga 0:2 hisobida o`yinni boy berdi.

Garcha o`yinning birinchi va ikkinchi bo`limlarida “Liverpul`” ustinlik qilgan bo`lsada, “Chelsi” darvozasiga to`p kirita olmadi. Aksincha “Chelsi” himoyaviy o`yin ko`rsatib, qarshi hujumlarda samarali foydalandi va ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi.
Birinchi bo`limga qo`shib berilgan so`ngi daqiqalarida kutilmaganda Stiv Jerrard qo`pol hatoga yo`l qo`ydi. Bundan unumli foydalangan Bemba Ba raqib darvozasini ishg`ol qildi va “Chelsi” oldinga olib chiqdi. 0:1.

Shunga o`xshash holat ikkinchi bo`limga qo`shib berilgan vaqtning so`ngi daqiqalarida ya`na takrorlandi. Bu safar gol muallifi Villian bo`ldi. Torres va Villian darvozabon bilan ikkiga bir chiqishdi, va Torres to`pni chiroyli tarzda Villianga uzatdi. Villian esa bo`sh qolgan darvozaga to`pni yo`llab hisobning 0:2 bo`lishini taminladi.

“Chelsi” ushbu g`alabadan so`ng ochkolar sonini 78 taga etkazdi va “Liverpul” ga yaqinlashib oldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social