“Barselona” Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvida mag’lubiyatga uchradi

“Barselona” Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvida mag’lubiyatga uchradi

Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvida PSG o’z maydonida “Barselona” ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Uchrashuv seshanba, 14-fevral kuni Parijda o’tkazilib, unda 4:0 hisobi qayd etildi. Ikkita topni Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya kiritdi (18 va 55-daqiqada), qolgan gollarni esa Julian Draxler (40) va Edinson Kavani (71) o’z hisoblariga yozib qo’yishdi.

Parallel o’yinda Lissabon “Benfika” o’z maydonida “Borussiya” (Dortmund) ustidan 1:0 hisobi bilan g’alaba qozondi. Yagona gol 48-daqiqada kiritildi, uni yunon hujumchisi Konstantinos Mitroglou urishga muvaffaq bo’ldi.

Javob uchrashuvlari 8-mart kuni bo’lib o’tadi.

Eslatib o’tamiz bugun kechasi “Real” (Madrid) o’z maydonida Italiyaning “Napoli” jamoasini qabul qiladi, hamda “Arsenal” Germaniyada “Bavariya” (Munich) maydonida mehmon bo’ladi. Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Manba: lenta.ru
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social