Barselona UEFA Superkubogi g`olibi (+video)

Barselona UEFA Superkubogi g`olibi (+video)

UEFA Superkubogi bahsida “Barselona” hamda “Sevil`ya” klublari o`zaro kurash olib borishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda 5:4 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g`alabasi bilan yakunlandi.

O`yinda to`qqizta gol kiritildi. Muxlsilar rostmana dramatik uchrashuvga guvoh bo`lishdi.

Dastlab, hisobni “Sevil`ya” ochdi. Oradan tshrt daqiqa o`tib Messi oradagi farqni yo`qqa chiqardi. Argentinalik futbolchining o`zi yana bitta gol urib, “Barsa”ni oldinga olib chiqdi. Rafin`ya va Suareslarning gollaridan so`ng barchasi endi tugugandek edi go`yo.

Ammo, “Sevil`ya” yana uchta gol urib, oradagi muvozanatni tenglashtira oldi. Reyes, Gameyro va Konoplyankalarning gollari futbolchilarni qo`shimcha bo`limlarga boshladi. Lekin, baribir “Barselona” o`z so`zini aytdi va Pedroning kiritgan goli evaziga UEFA Superkubogini qo`lga kiritdi.

Barselona 5:4 Sevil`ya  

Gollar: 0:1 – 3 Banega, 1:1 – 7 Messi, 2:1 – 15 Messi, 3:1 – 44 Rafin`ya, 4:1 – 52 Suares, 4:2 – 57 Reyes, 4:3 – 72, penal`ti Gameyro, 4:4 – 81 Konoplyanka, 5:4 – 115 Pedro.

Barselona – ter Stegen, Pike, Mat`e, Dani Alves, Rakitich, Buskets, In`esta (Serdji Roberto, 63), Maskerano (Pedro, 93), Rafin`ya (Bartra, 78), Messi, Suares.

Sevil`ya – Betu, Rami, Tremulinas, Koke, Banega, Iborra (Mariano, 80), Krixovyak, Vitolo, Kron-Deli, Reyes (Konoplyanka, 68), Gameyro (Immobile, 80).

Manba: www.uff.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social