Buffon Italiya terma jamoasida o’z faoliyatini yakunladi

Buffon Italiya terma jamoasida o’z faoliyatini yakunladi

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Buffon Rossiyada bo’lib o’tadigan 2018-yilgi jahon chempionati saralash javob uchrashuvidan so’ng ko’zlardagi yoshlari bilan bu milliy terma jamoasi uchun so’nggi o’yin bo’ldi, deb e’lon qildi.

“Men Italiya terma jamoasini yosh yigitlarga qoldiryapman, ularga aytadigan gap bor – Perinu va Donnaruma. Albatta, Italiya futbolida kelajak bor. Men Barzagli, Bonucci, K’ellini va De Rossini bagrimga bosgim kelyapti, ular bilan 10 yilni birga o’tkazdik. Biz bilan birga bo’lgan barcha yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, umid qilamizki, biz ularga biror narsa berganmiz ” – deb aytib o’tdi Buffon.

Jahon chempionati 2018 chiqmagandan so’ng, Janluidji Buffon birinchi bo’lib xalqaro karyerani tugatish haqida e’lon qildi. Uning ortidan uchta futbolchi ham – Giorgio Chiellini, Andrea Bardzali va Daniele de Rossi o’z termadani karyerani tugatishdi.

Italiya va Shvetsiya terma jamoalari o’rtasidagi uchrashuvda durang natija qayd etildi. Ikkita uchrashuvning natijasiga ko’ra, Shvetsiyalik futbolchilar Jahon chempionati final qismga chiqdi.

Italiya 1958-yildan beri jahon chempionatini o’tkazib yubormagan edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social