«Bunyodkor» OChL nimchorak final bosqichining dastlabki o`yinida «Al-Hilol» ga o`z maydonida 0:1 hisobida o`yinni boy bergan edi.
Shu bois Volkov javob uchrashuvida tavakkal qilishga majbur edi. «Bunyodkor» ning ilk daqiqalardan raqibga bosim o`tkazdi. Ammo bosimni qaytarish «Al-Hilol» klubiga qiyinchilik tug`dirmadi. O`yining 20 daqiqasiga kelib «Al-Hilol» hisobni ochdi, 1:0. Birinchi bo`lim so`ngigacha «Bunyodkor» hisobni tenglashtirishga xarakat qildi. Ammo hisob o`zgarmadi.
Ikkinchi bo`limning 48 daqiqasida hisob o`zgardi. Bu safar ham to`p «Bunyodkor» darvozasiga yo`llandi, 2:0. Oradan 10 daqiqa o`tib Salim Al Davsari hisobni 3:0 ko`rinishiga olib keldi.
Shu tariqa «Bunyodkor» Osiyo chempionlar ligasidagi o`z ishtirokini yakunladi.