Xabaringiz bor 30 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Paxtakor” markaziy stadionida O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo`lib o`tadi. “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalar joriy mavsumda ikki marta ro`baro kelgan va har ikkala uchrashuvda ham raqib darvozasini ishg`ol etish nasib qilmagan. Toshkentning «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning fikricha, ishqibozlarni qiziqarli Kubok finali o`yini kutib turibdi. Sababi g`olib nafaqat O`zbekiston Kubogini, balki Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga to`g`ridan-to`g`ri yo`llanmani ham qo`lga kiritadi.
Jamoamiz, o`z aybi bilan, chempionatning so`nggi qismini sust o`tkazdi va chempionlikni boy berdi, shuning uchun ham, mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun jiddiy tayyorgarlik ko`ryapmiz. Final bitta o`yindan iborat, unda iloji boricha xato qilmaslik kerak, xato qilgan jamoa esa, menimcha, mag`lubiyatga uchraydi. Kubokni Toshkentda olib qolishga qo`limizdan kelganicha harakat qilamiz», – dedi Mirjalol Qosimov.
Barchaga ma`lum, joriy mavsumda ushbu ikkala jamoa o`z oldilariga qo`ygan oliy maqsad – O`zbekiston chempionligiga erisha olishmadi. Shu bois ertangi o`yinda mavsumni yuqori notada yakunlash uchun har ikkala jamoada imkoniyat bor. Final o`yini keskin o`tishiga shubha qilmayapman. Biz joriy mavsumni 4-o`rinni pog`onada yakunladik va bu bizni qoniqtirmaydi. Final o`yiniga jididy tayyorgarlik ko`rdik. yigitlar ham ruhan, ham jismonan ertangi “jang”ga tayyor. Asosiy maqsadimiz kubokni qo`lga kiritish, – dedi “Nasaf” ustozi Ro`ziqul Berdiev.
Demak, “Bunyodkor” jamoasi ham “Nasaf” jamoasi ham g`alabani qo`lga kiritish uchun xarakat qilishadi. “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari o`z tarixida birinchi marta O`zbekiston kobogi finalida to`qnash kelishmoqda.
O`zbekiston kubogining final bellashuvini FIFA referesi Ravshan Ermatovga topshirildi. Qanotlarda esa Jahongir Saidov va Ma`mur Saidqosimov ko`maklashishadi. Zaxiradagi hakam Sh.Po`latov.
Eslatib o`tamiz O`zbekiston Kubogi finali 30 noyabr kuni “Paxtakor” markaziy stadionida 15:00 da boshlanadi.