Dunyodagi eng katta maosh oladigan futbolchi…

Dunyodagi eng katta maosh oladigan futbolchi…

Madridning “Real” va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes natijalariga ko’ra uchinchi marotaba dunyodagi eng katta maosh oladigan futbolchi deb tan olindi. Bu haqida rasmiy ravishda nashrda xabar berildi.

Ronalduning 2015 yildagi daromadi 82 million dollar bo’ldi, ulardan 53 million oylik va “Real”dagi turli xil bonuslar sifatida kelgan, 29 million esa – hamkorlik shartnomalaridan kelgan. 2014-yilda esa Portugaliyalikning daromadi 79 million bo’lgan edi.

Ikkinchi o’rinni “Barselona”ning argentiniyalik forvardi Lionel Messi egaladi – 77 million dollar (51 million – oylik va bonuslar, 26 – hamkorlardan). Uchinchi o’rinda esa “Pari Sen-Jermen”ning shved hujumchisi Zlatan Ibragimovich bo’ldi – 37 million dollar (30 million – oyligi va bonuslar, 7 million – hamkorlardan).

Qolgan 10 liklar quyidagicha:

  1. Neymar (Braziliya, «Barselona») — 36 million (14 — oylik va bonus + 22 — hamkorlardan)
  2. Garet Beyl (Uels, «Real») — 34 (24+10)
  3. Ueyn Runi (Angliya, «Manchester Yunayted») — 26 (20+6)
  4. Serxio Aguero (Argentina, «Manchester Siti») — 24 (17+7)
  5. Luis Suares (Urugvay, «Barselona») — 23 (18+5)
  6. Eden Azar (Belgiya, «Chelsi») — 22 (18+4)
  7. Sesk Fabregas (Ispaniya, «Chelsi») — 21 (16+5)

Oldingi dunyoning eng boy futbolchi unvoni Devid Bekxemga tegishli bo’lgan.

Manba: lenta.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social