EChL 1/8 finali va Evropa Ligasi 1/16 finali bosqichiga qur`a tashlandi

EChL 1/8 finali va Evropa Ligasi 1/16 finali bosqichiga qur`a tashlandi

Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi uchrashuvlari uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. 16 ta klub ikkita savatchalarga ajratilgan edi, ya`ni guruh bosqichi natijalariga ko`ra guruhda birinchi va ikkinchi o`rinni egallagan klublar.

Birinchi savatda: “Real” Madrid, “Vol`fsburg”, “Atletiko”, “Manchester Siti”, “Barselona”, “Bavariya”, “Chelsi”, “Zenit”.

Ikkinchi savatda: “PSJ”, “PSV”, “Benfika”, “Yuventus”, “Roma”, “Arsenal”, “Dinamo” Kiev, “Gent”.

Qur`a natijasiga ko`ra klublar quyidagi tartibda 1/8 final bosqichi o`yinlarini boshlaydigan bo`lishdi:

“Gent” – “Vol`fsburg”

“Roma” – “Real” Madrid

“PSJ” – “Chelsi”

“Arsenal” – “Barselona”

“Yuventus” – “Bavariya”

“PSV” – “Atletiko”

“Benfika” – “Zenit”

“Dinamo” Kiev – “Manchester Siti”

Eslatib o`tamiz, 1/8 final bosqichi uchrashuvlari 2016 yil 16 fevral kuni boshlanadi.

Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi uchun qur`a tashlash marosimidan keyin Evropa Ligasi 1/16 final bosqichi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Evropa Ligasi 1/16 final bosqichida 32 ta klub ishtirok etishadi. Bu klublar 1/16 final bosqichini 2016 yil 18 – fevral kuni quyidagi tartibda boshlaydigan bo`lishdi:

«Valensiya» – «Rapid» Vena

«Fiorentina» – «Tottenxem»

«Borussiya» Dortmund – «Portu»

«Fenerbaxche» – «Lokomotiv» Moskva

«Anderlext» – «Olimpiakos»

«Midt`yulland» – «Manchester Yunayted»

«Augsburg» – «Liverpul`»

«Sparta» Praga – «Krasnodar»

«Galatasaroy» – «Latsio»

«S`on» – «Braga»

«Shaxtyor» – «Shal`ke-04»

«Marsel`» – «Atletik» Bil`bao

«Sevil`ya» – «Mol`de»

«Sporting» – «Bayer»

«Vil`yarreal» – «Napoli»

«Sent-Et`en» – «Bazel`»

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social