El Klasiko. “Real Madrid” – “Barselona” 2:3 (+video)

El Klasiko. “Real Madrid” – “Barselona” 2:3 (+video)

Ispaniya chempionati doirasidagi “Real Madrid” – “Barselona” uchrashuvi bo’lib o’tdi.

O’yinning 28-daqiqasida burchak to’pidan so’ng Serxio Ramos to’pni darvozaga yo’lladi, zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to’pni Kazemiro bo’sh darvozaga yo’llab hisobni ochdi – 1:0.

Oradan ko’p o’tmay Lionel Messi raqib jarima maydoni yonida ikki raqibni aldab Keylor Navas darvozasini ishg’ol qildi – 1:1.

73-daqiqada Ivan Rakitich chap oyog’ida darvozaning uzoq ustuni yoniga zarba berib gol urdi – 1:2.  Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida chap qanotdan uzatilgan to’pni Xames Rodriges yaqin masofadan gol urib hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Hakam tomonidan qo’shib berilgan so’nggi ikkinchi daqiqada Albaning pasidan so’ng Messi kuchli zarba bilan gol urdi va “Barselona”ga g’alaba keltirdi – 2:3.

Video:

“Real Madrid” – “Barselona” 2:3

Gollar: 1:0 – 28 Kazemiro, 1:1 – 33 Messi, 1:2 – 73 Rakitich, 2:2 – 85 Xames, 2:3 – 90 Messi.

Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 70), Beyl (Asensio, 39), Benzema (Xames, 82), Ronaldu.

Barselona –   ter Stegen, Pike, Umtiti, Alba, Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta, Pako Alkaser (Andre Gomesh, 70), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (12), Umtiti (39), Kovachich (81), Messi (90).

Chetlatish: Ramos (77).

Manba: championat.asia
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social