Iordaniya-O`zbekiston 1:1

Iordaniya-O`zbekiston 1:1

6 sentyabr. Amman shahridagi “Qirol Abdulloh” stadionida Iordaniya hamda O`zbekiston terma jamoalar o`rtasida JCh-2014 saralashi doirasidagi pley-off uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O`yining birinchi bo`limida futbolchilarimiz ustinlikni o`z qo`ligi olishdi va shuningdek raqib darvozasi oldida bir necha marta keskin vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. O`yinning 11 daqiqasida maydon markazidan Odil Ahmedov kutilmaganda raqib darvozasiga to`pni yo`lladi. Ushbu zarbani Amir Shafi qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Birinchi bo`limda Iordaniya terma jamoasi asosan qarshi xujumga tayanib o`inni olib borishdi. Mana shunday qarshi xujumlardan biri o`yinning 31 daqiqasida o`z samarasini berdi. Himoyamizni raqib hujumchilari qisqa uzatmalar bilan yorib kirishdi va Musab al-Laham darvozabonimizning chap tomonidan zarba yo`llab hisobni ochdi. Hisob 0:1.

O`tkazib yuborilgan to`pdan so`ng vakillarimiz o`zlarini yo`qotib qo`yishmadi. Aksincha oradan 4 daqiqa o`tib O`zbekiston terma jamoasi raqib darvozasiga javob goli yo`llashga ega bo`lishdi. Jeparov to`pni qanotdan oldinga o`tgan Hasanovga oshirdi, Jasur esa to`pni yana Serverning o`ziga qaytardi. Jamoamiz sardorining kuchli zarbasini Amir Shafi qaytardi, biroq to`p baribir darvozaga borib tushdi. O`yinning 35 daqiqasida hisob 1:1 aylandi.

41 daqiqada esa Jasur Xasanov o`z qanotida chamasi 35 metrlardan zarba yo`lladi. Darvozabon to`pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. O`yinning so`ngi daqiqalarida Odil Ahmedov va Jeparovlarda raqib darvozasiga zarba berish imkoniyati tug`ildi ammo, yana darvozabon o`zini ko`rsatdi. Shunday qilib birinchi bo`lim 1:1 hiobi bilan tugadi.

Ikkinchi bo`lim xam O`zbekistonlik fotbolchilarning ustinligi bilan boshlandi.  Iordaniyalik futbolchilar esa to`pga egalik qilishga urinishdi. O`yinning 56 daqiqasiga kelib ustinlik Iordaniya tomonga o`tdi va O`zbekiston darvozasi oldida bir necha keskin vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ushbu vaziyatlarda himoyachilarimiz ishonchli o`yin ko`rsatishdi. 83 daqiqasida Jasur Hasanovning uzatgan to`pini Jeparov darvozaga yo`lladi. To`p darvozabon Shafining qo`llidan chiqib ketdi, ammo yana darvozobon egallab oldin. Shunday qilib ikkinchi bo`limga xakam 4 daqiqa qo`shib berishdi. Ammo qo`shimcha daqiqalarda xam hisob o`zgarmadi. 1:1.

Endi hal qiluvchi o`yin 10 sentyabr kuni Toshkentda o`tkaziladi. Ushbu o`yinda milliy terma jamoamizga omad tilab qolamiz!

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. уйин яхши, хар дойимгиде давления билан утирдим

  2. molodci, mehmonda gol urib kelishdi zato, ish qilib endi uyda parot bulmasalar boldi )))

  3. Qani endi Toshkentda chozib tashelachi ulani))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social