Portugaliya Konfederatsiyalar kubogi bronza medali sohibi (video)

Portugaliya Konfederatsiyalar kubogi bronza medali sohibi (video)

Portugaliya va Meksika terma jamoalari Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqichida uchrashishgan edi. Usha uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilib, murosa ko’chasi tanlangandi. Ushbu uchrashuvni eslashni e’toborli jihati shundaki, birinchi uchrashuv asosiy daqiqasiga qo’shib berilgan daqiqalarda Meksika terma jamoasi hisobni tenglashtirgan edi. Bugungi o’yinda esa Portugaliya terma jamoasi hakam tomonidan qo’shib berilgan qo’shimcha daqiqalarda hisobni teglashtirdi va jamoalar 15 minutdan yana ikkita taym maydonda to’p surishdi.

3 – o’rin uchun bo’lib o’tgan o’yinga Portigaliya terma jamoasi asosiy hujumchisi va Konfederatsiyalar kubogidagi yulduzi Kristiano Ronaldosiz maydonga tushdi. Albatta bu voqea ko’plab futbol muxlislari, mutaxasislar va jurnalistlar muxokamasi mavzusi bo’lib xizmat qildi. Kristiano Ronaldo Konfederatsiyalar kubogini yarim finalda Chili termasidan qabul qilingan mag’lubiyatdan so’ng tark etdi.

Portugaliya termasi Kristianosiz qanday o’ynaydi? Golni kim uradi? Murabbiylar qanday tarkibni maydonga tushuradi – degan savollar ko’p bo’ldi. Murabbiylar esa quyidagi tarkibni maydonga tushirdi:

Portugaliya: Rui Patricio, Pepe, Neto, J.Moutinho, Andre Silva, N.Semedo, Danilo, Pizzi, Nani (c), Gelson, Eliseu

Meksika: G. Ochoa, N.Araujo, R.Marquez (c), M.Layun, Carlos V., J.Hernandez, H.Moreno, H.Herrera, AGuardado, O.Peralta

O’yin o’ziga to’xtaladigan bo’lsak, uchrashuv Portugaliya termasi biroz ustunligida ostida o’tdi. Uchrashuvda hisobni Meksikaliklar ochdi. Hernandez oshirgan to’pi Portugaliyalik himoyachi Netoga tegib Rui Patricio qo’riqlayotgan darvozadan joy oldi.

Portugaliyaliklar hakam tomonidan qo’shib berilgan daqiqalarda Pepening ajoyib zarbasidan keyin hisob tenglashtirishga muvaffaq bo’lishdi. Uchrashuv asosiy vaqti 1:1 hisobida o’z yakuniga etdi va jamoalar 15 daqiqalik 2 ta taym o’ynashdi. Qo’shib berilgan vaqt tavfsiloti va o’yin yakunini quyidagi videoda tomosha qiling:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social