JCh-2014: A va B guruhi g`oliblari aniqlandi

JCh-2014: A va B guruhi g`oliblari aniqlandi

Braziliya maydonlarida bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha JCh-2014 da kecha A va B guruhi g`oliblari aniqlandi.

A-guruh, 3-tur o`yinida Kameron-Braziliya hamda Xorvatiya-Meksika o`yinlari bo`lib o`tdi. Mazkur o`yinlarda maydon egalari Braziliya terma jamoasi Kamerun ustidan 4:1 hisobda g`alaba qozonib, guruhda gollar hisobi bo`yicha birinchi o`rinni egalladi. Ikkinchi o`rinni esa, Xorvatiyani taslim eta olgan Meksika terma jamoasi egalladi. Meksika 3:1 hisobida g`alaba qozondi.

CameroonKamerun 1:4 BraziliyaBrazil                CroatiaXorvatiya 1:3 MeksikaMexico

Gollar:                                                   Gollar:

17′ Neymar (0:1)                                       72′ Rafael` Markes (0:1)
26′ Matip (1:1)                                         75′ Guardado (0:2)
34′ Neymar (1:2)                                       82′ Xav`er Ernandes (0:3)
49′ Fred (1:3)                                          87′ Perishich (1:3)
84′ Fernandin`o (1:4)

 

B-guruh, 3-tur o`yini doirasida Gollandiya-Chili va Avstraliya-Ispaniya uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Unda Gollandiya Chili ustidan ishonchli g`alabaga erishib 100% lik natija bilan guruh g`olibiga aylandi. Ikkinsi o`yin unchalik muhim bo`lmagan Avstraliya va Ispaniya o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi, chunki ularning pley-off ga chiqish imkoniyatlari qolmagan edi. Ushbu o`yin Ispaniyaning 3:0 hisobdagi g`alabasi bilan yakunlandi.

 

B-guruh natijalari bilan batafsil tanishish: 

1. JCh 2014: Gollandiya 2:0 Chili (+video) 

2. JCh 2014: Ispaniyaning birinchi va ohirgi g`alabasi (+video) 

Shunday qilib, 1/16 finalda Braziliya Chiliga qarshi maydonga tushsa, Gollandiya Meksika bilan bahs olib boradi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social