JCh-2014: Suaresning dubli Urugvayga g`alaba keltirdi (+video)

JCh-2014: Suaresning dubli Urugvayga g`alaba keltirdi (+video)

UruguayUrugvay 2:1 AngliyaEngland

Braziliya maydonlarida davom etayotgan futbol bo`yicha JCh-2014 doirasidagi D-guruhi 2-tur Urugvay va Angliya jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi. Suaresning dubli Urugvayga muhim bo`lgan g`alabani keltirdi.

Hisob uchrashuvning birinchi bo`lim, 39-daqiqasida ochildi, unda jamoadoshi oshirib bergan to`pni Suares boshi bilan darvozaga yo`llab hisobni ochdi.

Angliya ikkinchi bo`limda ketma-ket uyushtirilgan hujumlardan so`ng, o`yinning 75-daqiqasida Runi hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan 10-daqiqa o`tar-o`tmas Suares o`zining ajoyib zarbasi orqali hisobni 2:1 ga etkazdi.

Shunday qilib, Urugvay 2:1 hisobida g`alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo`lga kiritdi va Angliya pley-of bosqich imkoniyatlarini yo`qqa chiqardi.

Gollar:

39′ Suares (1:0)
75′ Runi (1:1)
85′ Suares (2:1)

Tarkiblar:

Urugvay: Muslera, Kaseres, Ximenes, Godin, Al`varo Pereyra, Arevalo, Lodeyro (Stuani, 67), Al`varo Gonsales (Fusile, 79), Kristian Rodriges, Kavani, Suares (Koates, 88).

Angliya: Xart, G.Djonson, Djagelka, G.Keyxill, Beyns, Djerrard, Xenderson (Lambert, 87), Uelbek (Lallana, 71), Runi, Sterling (Barkli, 64), Starridj.

Ogohlantirishlar: Godin, 9 – Djerrard, 68.

Bosh hakam: Karlos Velasko Karbal`o (Ispaniya )
Qanot hakamlari: Roberto Alonso Fernandes, Xuan Yuste (Ispaniya )

Video: 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social