Uel`s milliy terma jamoasi sardori Uil`yams, jamoadoshi Garet Beylning “Real Madrid”ga o`tganidan so`ng yanada kuchli o`yin namoyish qilayotganini aytib o`tdi va uni Krishtianu Ronaldu bilan tenglashtirdi.
Uel`s va Islandiya o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvida Garet Beyl ajoyib gol muallifi bo`ldi va ikkita gol kiritilishida o`z hissasini qo`shdi. O`sha uchrashuvda Uel`s termasi Islandiyani 3:1 hisobida mag`lub etgan.
Islandiya himoyachisi Gilfi Sigurdsson Garet Beylga qarshi himoyada o`ynash imkonsizligini takidladi, Aron Gunarsson esa Beylni bevosita Krishtianu Ronalduga tenglashtirdi.
Garet Beyl jismonan boshqa ko`pgini futbolchilardan ustun, o`ziga xos texnikaga ega, uning tezligi esa barchani lol qoldiradi. Faoliyatim davomida bunday o`yinchiga duch kelmaganman. U haqiqatdan ham “supermen”. Bunday qobiliyati bilan Beyl ajoyib natijalarga erisha oladi, – deydi, Eshli Uil`yams.