«Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

«Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

«Liverpul» hujumchisi, Portugaliya milliy jamoasi a’zosi Diogu Jota 28 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Marca.

Jota Ispaniyaning Zamora provinsiyasida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, YTH A-52 trassasining 65-kilometrida, Palasios-de-Sanabriya munitsipalitetida sodir bo‘lgan. Diogu va 26 yoshli ukasi, boshqa bir professional futbolchi, Portugaliyaning «Penafiyel» klubi a’zosi Andre Jota bilan ketayotgan Lamborghini rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotgan va yonib ketgan.

As nashri yozishicha, YTH sababi sifatida quvib o‘tish vaqtida mashinaning shinasi yorilib ketgani, shundan keyin haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani bo‘lgan.

Jota va uning ukasi qattiq kuyib ketganidan darhol taniy olishmagan. Mashina kimga tegishli bo‘lgani faqat nomerlarni tekshirishganidan keyin aniqlangan.

Diogu Jota muqaddam Portugaliyaning «Pasush de Ferreyra» va «Portu», Ispaniyaning «Atletiko», Angliyaning «Vulverhempton» klublarida to‘p surgan, 2020 yildan buyon mersisaydliklar klubi safida to‘p surib kelayotgandi.

 «Qizillar» safida u barcha turnirlar doirasida 182 o‘yinda maydonga tushib, 65 gol urgan va 26 golga uzatma bergan.

Jota «Liverpul» bilan ikki karra Angliya chempioni (2020/21 va 2021/22 yillar mavsumi), Angliya Kubogi sohibi (2021/22), Angliya Superkubogi egasi (2022), Chempionlar ligasi g‘olibi (2018/19) bo‘lgan, shuningdek UYeFA Superkubogi (2019) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida (2019) g‘olib chiqqan.

Shuningdek, Portugaliya milliy jamoasi safida ikki bor Millatlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Milliy jamoa safida u 46 o‘yinda maydonga tushib, 14 gol urgan. 

Portugaliyalik futbolchi shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida iyun oyi oxirida o‘tkazilgan to‘yidan fotosuratlarni bo‘lishgandi.

Ancha vaqtdan buyon birga yashab kelgan juftlikning uch nafar farzandi bo‘lgan.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Joyi jannatda bolsin

  2. Juda ogir yangilik, oqib yiglashni boshladim

  3. 2 hafta oldin uylanib, 3 bolali ota… cry

  4. kakoy ujas cry

  5. Joylari jannatda bolsin! Oilasiga hamdardlik bildiraman

  6. Vaaay, 28 yoshda cry

  7. He wears number 20…

  8. Xudo jannatga qabul qilgan bolsin

  9. RIPcry cry cry cry cry cry

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social