Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Manchester Siti” va “Inter” jamoalari 10-iyun, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 36-daqiqada “shaharliklar”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Kevin de Bryuyne jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rnini Fil Foden egalladi. Ikkinchi bo‘limda ingliz jamoasi faollikni oshirdi va 68-daqiqada hisobni ochdi. Rodri o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va Pep Gvardiola shogirdlari 2022/23-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi. Qayd etib o‘tish joiz, “Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi.
YCHL
Final
10-iyun, shanba
“Manchester Siti” (Angliya) – “Inter” (Italiya) 1:0
Gol: 1:0 – 68 Rodri.
“Manchester Siti”: Ederson, Ake, Ruben Diash, Akanji, Stounz (Uoker, 82), Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Foden, 36), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Holand.
“Inter”: Onana, Dumfris (Bellanova, 76), Darmian (D’Ambrozio, 84), Acherbi, Bastoni (Gozens, 76), Dimarko, Brozovich, Chalhano‘g‘lu (Mxitaryan, 84), Barella, Jeko (Lukaku, 57), Martines.
Ogohlantirishlar: Barella (59), Lukaku (83), Onana (90), Holand (90).
Табрилкиман!
Inter yaxshiroq oynadi
Vamooos!
Zaslujili
Zor oyin boldi, Inter yutishiyam mumkin edi
Lukaku deeeee, jalp shunaqayam boladimi
Treble!!!!
Pep monstr jamoani yaratdi!
Zor boldi lekin
Grilishi axvolini kordilami?
Juda kop ichvordi lekin u
O’shade