O`zbekiston futbol Federatsiyasi 2013 yilning eng yaxshilarini taqdirladi

O`zbekiston futbol Federatsiyasi 2013 yilning eng yaxshilarini taqdirladi

23 dekabr` kuni Poytaxtimizdagi “Zarafshon” kinokontsert zalida O`zbekiston futbol Federatsiyasining 2013 yil laureatlarini taqdirlashiga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi. yil yakuniga bag`ishlangan marosimda turli nominatsiyalar bo`yicha eng yaxshilar aniqlandilar.

Jumladan “yilning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasi bo`yicha, O`zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov yilning eng yaxshi futbochlisi deb topildi. Denisov O`zbekistondagi futbol jurnalistlari o`rtasida bo`lib o`tgan so`rovnomada eng ko`p ovoz oldi.

“yilning eng yaxshi to`purari” sovrini kutilganidek “Bunyodkor” hujumchisi Oleksandr Pishurga nasib etdi.
Ukrainalik hujumchi bu mavsum oliy ligada 19ta gol urishga erishdi.

“yilning eng yaxshi murabbiyi” sovrini Ro`ziqul Berdievga O`FF prezidenti Mirabror Usmonov tomonidan topshirildi. Ro`ziqul Berdiev boshchiligida “Nasaf” 2013 yil O`zbekiston milliy chempionatida bronza medallariga ega chiqdi, bundan tashqari “Nasaf” O`zbekiston kubogi finaliga qadar etib kelishdi.

“yilning eng foydali futbolchisi” sovrini ham Qarshiga ketdi. “Nasaf”ning haqiqiy etakchisi Artur Gevorkyan taqdirlandi.

“yilning eng yaxshi matbuot xizmati” sovrini Qarshining “Nasaf” klubiga topshirildi. PFL bosh direktori Farhod Magometov klub matbuot xizmati boshlig`i Azizjon Nuriyga sovrinni topshirdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social