Ramos “El Clasico”da “Real”ni mag’lubiyatdan qutqarib qoldi! (+video)

Ramos “El Clasico”da “Real”ni mag’lubiyatdan qutqarib qoldi! (+video)
“Real” Ispaniya chempionatining 14-turidan o’rin olgan o’yinda “Barselona” (1:1) bilan durang o’ynadi.
Uchrashuv keskin kurashlar ostida o’tdi. O’yinnig 53-daqiqasida Neymar tomonidan oshirib berilgan to’pni Luis Suares boshi bilan darvozaga joyladi va o’yinda “Barselona” hisobni ochdi – 1:0.
Uchrashuvning oxirgi daqiqasi o’tib borayotganda “Real” jarima zarbasi tepish huquqini qo’lga kiritdi. Luka Modrich tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan so’ng Ramos boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi va hisobni teng qildi – 1:1.
Shundan so’ng “Barselona” hakam tomonidan qo’shib berilgan daqiqalarda g’alabani ilib ketishga ham yaqin kelgandi. Ammo Kazemiro darvozaga kirib ketayotgan to’pni darvoza chizig’i ustidan qaytarib qolishga muvaffaq bo’ldi.
Natijada Madrid klubi barcha musobaqalardagi mag’lubiyatsiz o’yinlar ketma-ketligini 33taga etkazib oldi (26 g’alaba va 7 durang).

Video:

Barselona – Real Madrid 1:1
Gollar: Luis Suares (53), Serxio Ramos (90)
“Barselona” – ter Stegen, Suares, Pike, Alba, Buskets, Maskerano, Rakitich (Inesta, 60), Serji Roberto, Andre Gomesh (Turan, 78), Neymar (Suares, 87), Messi.
“Real Madrid” – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Dias, 86), Modrich, Isko (Kazemiro, 66), Vaskes, Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).
Ogohlantirishlar: Isko (13), Neymar (28), Suares (75), Karvaxal (80), Buskets (83), Maskerano (89).

Manba: championat.asia

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social