“Real”  Zidanning qaytib kelishini e’lon qildi

“Real”  Zidanning qaytib kelishini e’lon qildi

“Real Madrid” rasmiy ma’lumotlariga ko’ra, Zineddin Zidan “Real” ning bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Fransiyalik mutaxassis “Qirollik klubi” bilan 2022-yilning yozigacha shartnoma tuzdi va murabbiy Santyago Solarining o’rnini egalladi.

46 yoshli Zidan “Real” ni 2016-yildan 2018-yilgacha boshqargan. Uning rahbarligida Ispaniya klubi uch marta Chempionlar ligasi g’olibiga aylangan, bir martadan Ispaniya chempionati va mamlakatning “Super kubigini qo’lga kiritgan. Bundan tashqari, Zidanning boshchiligidagi “Real” UEFA Superkubogini va Jahon Kubogi musobaqasini ikki marta qo’lga kiritgan.

Zidan futbolchi sifatida 2001-2006 yillarda Real Madridda o’ynagan. U Ispaniya chempionati, Ispaniya Superkubogi (ikki marta), Chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va Interkontinental kubogida g’alaba qozonishga erishgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social