Rossiyalik juftlik figuristlar Elena Il`inix va Maksim Katsalapovlar Sochida bo`lib o`tadigan Olimpiada dasturida o`zbek raqsi “Andijon pol`kasini” namoyish etadilar.
Sportchilarning so`zlariga ko`ra, ushbu musiqa andojon pol`ka ohangiga moslashtirilgan. Shuning uchun muz ustidaga raqsda sharqiy xarakatlarni kuzatishingiz mumkin. “Men yoshligimda muz ustida yakka chiqishlarimda, menda bir o`zbekcha musiqa bor edi, – deydi Il`inix. Bu raqs uchun turli hil pol`kalarning izladim. So`ngra “Andijon pol`kasini” topdim va uni murabbiyimga taklif etdim. U mening fikrimni baholadi va bizlar uchun mahsus melodiya yozdi. Mening fikrimcha, qiziqarli pol`kani topish juda murakkab, lekin biz ajralib turish uchun o`zgacha usulni tanladik.”
“Bu andijon pol`ka emas, bu – bizlar uchun mahsus yozilgan uzbekcha pol`kadir. Buni bizning kompozitorimiz yozdi, musiqachilar esa bizlar uchun uni yozib berishdi. O`zbekistonda yagona pol`ka bor. Bizning musiqani “Andijon pol`kasi” deb aytish qiyin. Faqat uning ritmi bizga yangi melodiyani yaratishga yordam berdi”,-dedi Il`inix.
Il`inix yana shuni takidladiki, ushbu dasturga tayyorgarlik vaqtida ular Igor` Moiseevaning baletlarini ko`rishgan xamda sharq va o`zbek xalq raqslarini o`rganishgan.
Eslatib o`tamiz, 2014 yilga qishgi Olimpiada musobaqalari 7 dan 23 fevralga qadar Sochida o`tkaziladi.
Jahon sport vaydonlarida o’zbek musiqalarini eshitish qanday maroqlidir.
qachon ularni chikishi buladi???