UEFA Millatlar ligasi: Ligalar tarkibi aniqlandi

UEFA Millatlar ligasi: Ligalar tarkibi aniqlandi

Yevropa saralash guruh bosqichi yakunlanishi bilan UEFA Millatlar ligasi birinchi o’yini ligasi tarkibi aniqlandi.

Liga A

Germaniya, Portugaliya, Belgiya, Ispaniya, Fransiya, Angliya, Shveytsariya, Italiya, Polsha, Islandiya, Xorvatiya, Gollandiya

  • Ishtirokchilar uch termadan iborat bo’lgan to’rt guruhga bo’linadi. 2019-yilning Iyun oyida Liga A guruhining to’rt g’oliblari UEFA Millatlar ligasi chempioni aniqlash uchun pley-off tizimi bo’yicha (yarim-final, uchinchi o’rin uchrashuvi va final) o’ynaydi. Ishtirokchilar orasidan final bosqichiga mezbonlik qilish 2018-yilning dekabrida aniqlanadi.
  • Guruhlardagi oxirgi o’rinlarda tugatgan to’rtta jamoa 2020-yilgi Liga B o’yiniga qoldiriladi.
  • To’rtta EURO-2020 kirolmagan jamoalar, 2020-yilning mart oyida playoff tizimi bo’yicha Yevropa chempionatiga bitta yo’llanma uchun raqobatlashadi.

Liga B

Avstriya, Uels, Rossiya, Slovakiya, Shvetsiya, Ukraina, Irlandiya, Bosniya va Gertsegovina, Shimoliy Irlandiya, Daniya, Chexiya, Turkiya

  • Ishtirokchilar uch termadan iborat bo’lib to’rt guruhga bo’linadi. Guruh g’oliblari A ligasiga navbatdagi o’yinlarga o’tishadi, oxirgi o’rin egalari esa Liga C ga o’tishadi.
  • To’rtta EURO-2020 kirolmagan jamoalar, 2020-yilning mart oyida playoff tizimi bo’yicha Yevropa chempionatiga bitta yo’llanma uchun raqobatlashadi.

Liga C

Vengriya, Ruminiya, Shotlandiya, Sloveniya, Gretsiya, Serbiya, Albaniya, Norvegiya, Chernogoriya, Isroil, Bolgariya, Finlandiya, Kipr, Estoniya, Litva

  • Ishtirokchilar bitta guruhga uch termadan iborat bo’lgan va uchta guruh to’rtta jamoadan iborat bo’lib bo’linadi. Guruh g’oliblari Liga B ga yo’l olishadi, oxirgi o’rin egalari – Liga D da ishtirok etadilar.
  • To’rtta EURO-2020 kirolmagan jamoalar, 2020-yilning mart oyida playoff tizimi bo’yicha Yevropa chempionatiga bitta yo’llanma uchun raqobatlashadi.

Ligasi D

Ozarbayjon, Makedoniya, Belarus, Gruziya, Armaniston, Latviya, Farer orollari, Lyuksemburg, Qozog’iston, Moldova, Lixtenshteyn, Malta, Andorra, Kosovo, San Marino, Gibraltar

  • Ishtirokchilar to’rt termadan iborat bo’lgan to’rt guruhga bo’linadi. Guruh g’oliblari Liga C keyingi o’yinlarga ko’chib o’tadilar.
  • To’rtta EURO-2020 kirolmagan jamoalar, 2020-yilning mart oyida playoff tizimi bo’yicha Yevropa chempionatiga bitta yo’llanma uchun raqobatlashadi.

UEFA Millatlar ligasi taqvimi:

Guruh bosqichiga qur’a tashlash 2018-yil 24-yanvar kuni SwissTech Convention markazi, Lozannada bo’lib o’tadi.

1-tur: 2018-yil 6-8 sentyabr

2-tur: 2018-yil 9-11 sentyabr

3-tur: 2018-yil 11-13 oktyabr

4-tur: 2018-yil 14-16 oktyabr

5-tur: 2018-yil 15-17 noyabr

6-tur: 2018-yil 18-20 noyabr

Final bosqichiga qur’a tashlash 2018-yilning dekabr boshida bo’lib o’tadi.

Yakuniy bosqich: 2019-yil 5-9 iyun

EURO-2020 o’yinlari pley-off da qur’a tashlash: 2019-yil 22-noyabr

EURO-2020 pley-off o’yinlar: 2020-yil 26-31 mart

Manba: UEFA

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social