Vazn yo’qotish uchun eng yaxshi sport turi bu – …?

Vazn yo’qotish uchun eng yaxshi sport turi bu – …?

Fitnes sohasidagi mutaxassislarni aniqlashicha, ortiqcha kilogram yo’qotishnong eng yaxshi yo’li – bu boks bilan shug’ulanish ekan. Boks yugurish va sport zaldagi mashqlardan ko’ra ko’proq kaloriya yondiradi.

Bir soat boks bilan shug’ulangan inson 800 kaloriya yo’qotishi mumkin, bu esa ortiqcha vazn bilan kurashishning eng samarali va jismoniy yo’lidir. Ikkinchi o’rinda samaradorlik darajasiga ko’ra skvosh sport turi kiradi (kata tennisga o’xshash). Mazkur sport turi o’yinchilarga 748 kaloriya yo’qotishga imkoniyat beradi.

Tadqiqotchilar e’tiborini ko’plab turli xil mashqlar tortdi: it bilan sayr (soatiga 136 kaloriya) va uyni tozalashdan (102 kaloriya) to televizor ko’rishgacha (divanda 0 kaloriya va turgan holatda 20 kaloriya).

022

Boks mashqlari eng samarili bo’lgan, chunki ular tanaffus bilan superintensiv mashq xisoblanadi va turli mushaklar foydalanishini talab qilgan. Skvosh ham shu ro’yxatga kirdi, chunki bu mashqlar uzoq vaqt katta “nagruzka” talab qiladi.

Bu ro’yxatda uchinchi o’rinda eshkak eshish turadi va u 740 kaloriya yondiradi. Ochiq maydonda yugirish tez yoki o’rtacha tezlikda 700 kaloriya yondiradi, tez suzish esa – 680 kaloriya, regbi – 614 kaloriya, futbol – 612 kaloriya, velosiped yuqori tezlikda – 604 kaloriya, sportzalda mashqlar – 590 kaloriya, yugurish yo’lakchasida yugurish – soatiga 580 kaloriya.

Manba: news.rambler.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social