YeChL. 7ta gol urilgan o‘yinda «Atalanta» chorak finalga chiqdi, «Tottenhem» turnirni yirik mag‘lubiyat bilan yakunladi

YeChL. 7ta gol urilgan o‘yinda «Atalanta» chorak finalga chiqdi, «Tottenhem» turnirni yirik mag‘lubiyat bilan yakunladi

Chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki javob bahslari doirasidagi ikki o‘yindan so‘ng keyingi bosqichga chiqqan ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

«Mestalya»da tomoshabinsiz o‘tgan o‘yinda «Valensiya» 3ta gol urishga erishgan bo‘lsa-da, Ilichich pokerga erishib «Atalanta»ga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi – 3:4.

Germaniyada esa «Leypsig» javob bahsida ham «Tottenhem»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu safar London klubi darvozasiga javobsiz uchta gol urildi – 3:0.

YeChL. Nimchorak final. Javob uchrashuvi
10 mart (seshanba)

Valensiya Ispaniya – Atalanta Italiya 3:4
Gollar: 0:1 – 3, penalti Ilichich, 1:1 – 21 Gameyro, 1:2 – 43, penalti Ilichich, 2:2 – 51 Gameyro, 3:2 – 67 Ferran Torres, 3:3 – 71 Ilichich, 3:4 – 82 Ilichich.
Valensiya – Sillessen, Vass, Diakabi (Gedesh, 46), Gayya, Kondogbia, Koklen (Cheryshev, 74), Soler, Parexo, Ferran Torres, Rodrigo (Florensi, 79), Gameyro.
Atalanta – Sportello, Xatebur, Palomino, Kaldara, Gosens, Gomes (Malinovskiy, 78), de Ron (Sapata, 45), Ilichich, Froyler, Pashalich (Tamez, 83), Gimshiti.
Birinchi uchrashuv – 1:4.

RB Leypsig Germaniya – Tottenhem Angliya 3:0

Gollar: 1:0 – 10 Zabitser, 2:0 – 21 Zabitser, Forsberg 87.
RB Leypsig – Gulachi, Mukiyele (Adams, 56), Xalstenberg, Klostermann, Anxelino, Laymer, Zabitser, Nkunku (Aydara, 59), Upamekano, Shik, Verner.
Tottenhem – Loris, Ore, Alderveyreld, Tanganga, Alli, Uinks, Lukas Moura, Sessenon, Lamela, Lo Chelso (Jyedson Fernandesh, 80), Dayyer.
Birinchi uchrashuv – 1:0.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social