«Yuventus» EChL finalga yo`l oldi

«Yuventus» EChL finalga yo`l oldi

Evropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvlaridan o`rin olgan “Real” hamda “Yuventus” klublari o`rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi.

Dastlab, Krishtianu Ronaldu penal`tidan 23-daqiqada hisobni ochgan bo`lsa, 57-daqiqada Morata oradagi farqni yo`qqa chiqardi.

O`yin oxirlarida “Real” qancha harakat qilmasin, hisobni o`zgartira olmadi. Shu tariqa “Yuventus” finalga chiqdi va “Barselona” bilan o`ynaydigan bo`ldi.

Real Madrid – Yuventus 1:1

Gollar: 1:0 – 23, penal`ti Ronaldu, 1:1 – 57 Morata.

Real Madrid – Kasil`yas, Ramos, Karvaxal`, Varan, Marselo, Isko, Xames, Beyl, Kroos, Benzema (Ernandes, 67), Ronaldu.

Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, K`ellini, Evra, Pogba (Pereyra, 89), Pirlo (Bardzal`i, 79), Markizio, Vidal`, Morata (L`orente, 84), Teves.

Ogohlantirishlar: Isko (32), Xames (44), Teves (70), Lixtshtayner (76).

Birinchi o`yin: 1:2.

Video:

Manba: uff.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social