Bu omad yoki omadsizlikmi?

Bu omad yoki omadsizlikmi?

Xitoydagi bir qishloqda kambag’al chol yashagan edi. Uning faqatgina bir ajoyib oq oti bor edi.  Hatto, boylar va shoh shu otni sotib olmoqchi bo’lgan, ammo chol otni sotolmasligini aytar edi, chunki u uning do’sti bo’lgan va do’stlar sotilmaydi.

Lekin bir kuni ertalab chol otini otxonadan topolmadi. Qishloqdagi ba’zi odamlar unga achinishdi va ba’zilar esa ichiqoralik qilishdi. Odamlar otni yo’qotish qanday baxtsizlik ekanligini muhokama qilishar edi, lekin chol hotirjam qolib va bu voqeani munosib qabul qildi.

Bir necha kundan keyin ot qaytib keldi va o’zi bilan bir necha boshqa go’zal otlarni ham olib keldi. Qishloqning ba’zi odamlari chol uchun hursand bo’lishdi, ba’zilar esa ichiqoralik qilishdi. Endi barcha chol qanchalik baxtli ekanligini va baxtsizlik o’zi bilan omadni olib kelganini muhokama qilishar edi. Faqat chol bu voqeaga hech qanday baho bermasdan barchasini shundayligicha qabul qildi.

Cholning yagona o’g’li yangi otlarni minishni boshladi va yiqilib ikkita oyog’ini ham sindirdi. Har doimgidek ba’zi odamlar achinishni boshlashdi, ba’zilar esa omadsizlik haqida g’iybat qilishar edi. Chol esa har doimgidek xotirjam edi.

Oradan bir hafta o’tgach shaharda urush boshlandi, barcha erkaklar va yigitlar urishga olib ketildi, faqat cholning o’g’li qoldi, chunki uning ikkita oyog’I ham singan edi. Odamlar yana omadsizlik omadga aylanib ketgani haqida gapira boshlashdi.

Ammo dono chol shunday javob berdi: hech qanday voqeani hukm qilish kerak emas, faqat Xudo buni qila oladi. Biz uchun har bir voqea – bu haqiqat, hayot bunday lahzalardan iborat va bizning vazifamiz ularni qabul qilish va yashash, ammo hukm qilish emas!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social