Ovozsiz filmlar qiroli: Charli Chaplin hayoti va u haqidagi qiziqarli faktlar

Ovozsiz filmlar qiroli: Charli Chaplin hayoti va u haqidagi qiziqarli faktlar

16-aprel kuni tarixdagi eng yaxshi komedik aktyorlardan biri, ssenarist, rejissyor, prodyuser Charli Chaplinning tugʻilgan kuni. Chaplinni qaygʻuli chehrali komedik aktyor deb atashgan. Bu aktyor rollarining bir qismi boʻlgan.

Bundan tashqari, Charlining tarjimai holida uning qanday inson boʻlganini aks ettiruvchi sahifalar yetarli. Aktyorning filmlari esa barcha davrlarning klassik filmlari qatoriga kiradi. Afisha.uz buyuk aktyor hayotidagi qaygʻuli va qiziqarli faktlarni bir yerga jamladi.

Charlining oilasi

Charli Chaplinning ota-onasi oʻz davrida juda mashhur boʻlgan musiqa zalining aktyorlari boʻlgan. Biroq ularning karyerasi omadli boʻlmagan. Oila kambagʻallikda kun kechirgan, Charli va uning oʻgay singlisi Sidney onasi bilan yashagan. Charlining otasi ham kambagʻal boʻlgan va ularga yordam bera olmagan.

Chaplinda otasi tomonidan loʻli (sigan) qoni boʻlgan va aktyor bundan juda faxrlangan. Bu faktni Charli oʻz biografiyasida aytib o‘tgan.

Qashshoqlik Chaplinning onasi sogʻligʻiga putur yetkazgan. U ruhiy kasalxonaga yotqizilgan, keyin esa ishchilar uyiga joylashtirilgan. Sidney va Charli koʻchada qolgan. Bir necha oy oʻtgach esa ular Hanvell koʻcha bolalari uyiga yuborilgan.

Faoliyatining boshlanishi

Charli Chaplin ilk bor 5 yoshida sahnaga chiqqan. Toʻqqiz yoshida esa Charli “Sakkiz lankshirlik bola” raqs ansamblida qatnashadi. Ikki yil davomida u ansambl bilan Angliya provinsiyalari boʻylab sayohat qiladi.

Yosh aktyor yashash uchun pul topishni juda erta boshlashga majbur boʻladi. Shu sababli u maktabda deyarli oʻqimaydi. Ansambldan ketgach, gazeta yetkazib beruvchi, bosmaxonada yordamchi va shifokor yordamchisi boʻlib ishlaydi.

Aktyorlik faoliyatini endi boshlayotgan vaqtda yosh Charli Chaplin deyarli savodsiz edi. Uni suhbatga chaqirishgan vaqtda, Charli oʻqishni bilmasdi va rejissyorlar rol uchun yozilgan ssenariy matnini oʻqishni soʻrashidan qoʻrqqandi.

Oʻsmirlik chogʻida Charli har kuni koʻplab soatlarini skripka chalishni oʻrganishga sarflaydi. Keyinchalik u bir necha yil estrada shoularida musiqachilik ham qiladi.

Charli Chaplinning filmlari

Chaplinning birinchi filmi “Tirikchilik qilish” (1914) komiks filmi boʻlgan, “Venetsiyadagi bolalar avtopoygasi” (1914) filmida esa u birinchi marta oʻzining an’anaviy qiyofasi bilan koʻrinish bergan.

Chaplin oʻn uchinchi filmi “Yomgʻir ostiga tushib qolgan” (1914) kinokartinasini shaxsan oʻzi suratga olgan edi. Bir yil ichida Charli Chaplin 34 dan ortiq filmlarda rol oʻynadi va Amerika kinosining eng iste’dodli komedik aktyorlaridan biri sifatida tanildi va bu unga tez orada ijodiy mustaqillikka erishish imkonini berdi.

Shundan soʻng Charli Chaplin yana uzoq yillar davomida koʻplab filmlarga prodyuserlik, ssenaristlik, rejissyorlik, kompozitorlik qilgan va rol oʻynagan. Uning quyidagi filmlari tomoshabinlar orasida mashhur hisoblanadi:

  • “Limelight” (1952);
  • “City Lights” (1931);
  • “The Circus” (1928);
  • “The Gold Rush” (1925);
  • “Modern Times” (1936);
  • “The Kid” (1921);
  • “The Great Dictator” “1940”.

Charli Chaplin 1940-yilda Adolf Gitlerga parodiya qilgan holda Adenoid Xinkel obrazini yaratadi. “The Great Dictator” siyosiy satirik filmida natsizm va Gitlerning oʻzi oʻtkir kulgi ostiga olinadi.

Adolf Gitler oʻzi masxara qilingan “Buyuk diktator” filmi uchun Charli Chaplinni shaxsiy dushmanlari roʻyxatiga kiritadi.

Yutuqlari

Charli Chaplin faoliyati davomida uch marta Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan, ammo ularning hech qaysisi aktyorlik uchun emas. U ikki marta 1929 va 1972-yillarda maxsus faxriy Oskar mukofotini olgan boʻlsa, 1973-yilda “Limelight” filmiga yozilgan musiqa uchun ushbu sovringa sazovar boʻlgan.

Bundan tashqari, Chaplin 1954-yilda Xalqaro tinchlik mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u rasmi jurnalda e’lon qilingan birinchi aktyor hisoblanadi.

Angliya qirolichasi Yelizaveta II 1975-yilda Charli Chaplinga ritsar unvonini beradi. 1917-yilda u tarixda 1 million dollarlik shartnoma imzolagan birinchi aktyorga aylanadi.

Boshqa qiziqarli faktlar

Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan aktyorni “Urushda Rossiyaga yordam” tashkilotining faoli boʻlgani va ikkinchi frontni ochish uchun kampaniya olib borgani sababli kommunist deya hisoblay boshlashadi.

Charli Chaplin antiamerikachilikda ayblanadi. 1952-yilda Chaplin “Limelight” filmini yaratdi. Bu ijodkorning taqdiri va umuman ijod haqida hikoya qiladigan film edi. 1952-yil 17-sentabrda Chaplin filmning jahon premyerasida qatnashish uchun Londonga boradi. Shundan soʻng aktyorning AQShga qayta kirishi taqiqlanadi.

Chaplin 4 marta turmush qurgan va 12 nafar farzandi boʻlgan. Uning soʻnggi farzandi 72 yoshida dunyoga kelgan. Chaplinning o‘limidan so‘ng jinoyatchilar uning qabrini qazib, jasadini o‘g‘rilab ketgan. Jinoyatchilar uning jasadi uchun pul talab qilgan, biroq politsiya ularni hibsga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Charli Chaplin Gollivud shon-shuhrat zalida ikkita yulduzga ega boʻlgan dunyodagi yagona odam hisoblanadi. U haqda 1992-yilda biografik film ishlangan boʻlib, bosh rolni yaqinda Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan Robert Dauni ijro etgan.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хакикий легенда. Уни киноларини хамма куриши кере.

  2. Тимур

    Буюк диктатор тарихдаги энг кучли кинолардан биридир

  3. Otabek

    Har doim kayfiyatni ko’taradigan kinolar

  4. Botir

    Charli Chaplin dek boshqa aktyor tug’ilmagan

  5. Alisher

    Chaplin haqiqiy kinolar legendasi, afsus hayoti qiyin kechgan

  6. Koinot

    good good good

  7. Jalol

    Qiziq ma’lumotlar

  8. Guli

    Fakt.

  9. Tohir

    Juda kuchli aktyor bo’lgan

  10. Shoxrux

    Yaxshi

  11. Lobar

    Hero heart

  12. Tohir

    good

  13. Shahzod

    Zo’r

  14. Jamshid

    Bravo smile

  15. Gulnoza

    Chapli Chaplin haqiqiy legenda

  16. Nosir

    Klass lekin, juda qiziqib o’qidim

  17. Diyorbek

    good

  18. Olimbek

    Yaxshi ekan

  19. Azimjon

    It is gonna be legendary

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social