Har kuni ishdan keyin, oilasidan sir saqlash uchun u ko’chada yuvinib kelar edi.

Har kuni ishdan keyin, oilasidan sir saqlash uchun u ko’chada yuvinib kelar edi.

“GMB Akash” fotojurnalist o’zining Facebook sahifasida nihoyatda ta’sirli hikoyani joylashtirdi. Unda bir kambag’al inson haqida hikoya qiladi, u ko’p yillar davomida farrosh bo’lib ishlagan, chunki o’zi ta’lim olmagan va farzandlarim o’qisin deb shu ishni qilar edi.


To’rt qizni tarbiyalayotgan bir otaning hikoyasi:

Mening farzandlarim ishimdan uyalmasligi uchun ularga hech qachon ishim haqida aytmaganman. Kenja qizim meni ishim haqida so’raganda, men har doim har qanday ish qilib yuribman deb aytar edim.

Uyga qaytishdan oldin, har kuni ommaviy xojatxonalarda dush qabul qilar edim, shuning uchun mening bolalar ishim haqida bilishmas edi. Men o’z qizlarimni maktabga yuborishga orzu qilar edim, toki ular o’qib va munosib kasb-hunarga ega bo’lsinlar.

002

Ular munosib hayot kechirishi uchun qo’limdan kelgancha hamma narsani qildim. Insonlar farzandlarimga ham farroshdek qarashlarini istamas edim, chunki insonlar ko’pincha meni hor qilishar edi. Ishlab topgan pullarimni barchasini qizlarimning ta’limi uchun ishlatdim. O’zimga yangi ko’ylak ham sotib olmadim, uning o’rniga kitoblar olib berdim.

Men farrosh edim.

To’ngich qizim o’qishga kirish arafasida edi, lekin men o’qish uchun yetarli mabla’g to’play olmadim. O’sha kuni umuman ishlay olmadim, faqatgina axlat uyumi yonida o’tirar va ko’z yoshlarimni yashirishga harakat qilar edim. Hamkasblarimning barchasi menga hamdardlik ko’zlari bilan qarashdi. Men shuncha harakat qildim, lekin hozir omadiz bo’lib o’tiribman.

Qizim kirish puli haqida mendan so’rasa nima deyishimni bilmas edim. Men qashshoqlikda tug’ilganman, lekin har doim o’z farzandlarim uchun yaxshi hayotni orzu qilar edim va endi mana mening orzularim ro’yobga chiqmaydi…

Ishdan keyin yonimga men bilan birga ishlagan barcha farroshlar kelishdi. Ular yonimga o’tirishdi va men ularni aka-uka dek ko’ramanmi yoki yo’qmi deb so’rashdi. Men javob qaytarmasimdan ular bir kunda ishlab topgan barcha daromadlarini berishdi. Men rad qilishga urindim, lekin ular shunday dedi: “Agar kerak bo’lsa, biz bugun och qolamiz, lekin bizning qizimiz o’qishga borishi kerak!”

O’sha kuni men birinchi marta dush qabul qilmadim va farrosh sifatida uyga qaytib keldim…

Mening to’ng’ich qizim yaqinda universitetni bitiradi. Unda hozir to’liq kunli bo’lmagan ish bor va u qolgan uchta singlisini ta’limi uchun pul to’lamoqda. Endi esa bolalar menga ishlashga imkon berishmayapti. Lekin mening katta qizim haftada bir necha marta men bilan oldin ishlagan joyga boradi va  mening barcha sobiq hamkasblarimni kechki ovqat bilan mehmon qiladi.

004

Ular esa yuzida tabassum bilan nima uchun ularni ovqatlantirishga kelishi haqida so’raydi. Qizim esa  – “Men bugunday bo’lishim uchun sizlar o’sha kuni och qoldingiz. Men uchun ibodat qilinglar toki har kuni sizlarni ovqatlantirishga imkoniyatim bo’lsin” – deb javob beradi.

Hozirgi vaqtda o’zimni kambag’al deb his qilmayman. Bunday farzandi bor bo’lgan har bir kishi kambag’al bo’lishi mumkin emas!


Bu oddiy inson qizlari uchun juda ko’p narsa qildi va bu hammamiz uchun yaxshi namuna sifatida xizmat qilishi mumkin. Ba’zan bizga yaxshi kelajak berish uchun bizning ota-onalarimiz qanday qurbonliklar qilishlarini unutmasligimiz kerak!

Siz qachon ohirgi marotaba o’z ota-onangizga minnatdorchilik bildirdingiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social