55 yoshdan katta muxlislarga “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuvlarga kirish bepul bo’ladi

2017-yilda nafaqat ichki musobaqalarda, balki xalqaro maydonda ham muvaffaqiyat qozonishga bel bog’lagan “Lokomotiv” jamoasi yangi yilda o’z muxlis-u muxlisalariga ham bir qator qulaylik va imkoniyatlar yaratishni ko’zda tutmoqda. Jumladan, “Lokomotiv” ishqibozlari uchun mavsumiy uchrashuvlarning yillik abonementi yaqin oradan boshlab sotuvga chiqadi. Qolaversa, jamoa ishtirokidagi o’yinlarni bevosita stadiondan ko’rishni istagan 55 yoshdan katta muxlis-u muxlisalarga “Lokomotiv”…

Denis Istomin jarohati tufayli Grigor Dimitrovga mag‘lub bo‘ldi!

2017 Australian open musobaqasining nimchorak finalida O‘zbekistonlik tennischi o’z ishtirokini yakunladi. Ikki yarim soat davom etgan bellashuvda O‘zbekiston vakili 4 set natijasiga ko‘ra 6:2, 6:7, 2:6, 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Ikkinchi set oxirlarida Istomin chap oyoq sonining orqa qismini shikastlab oldi va bu uning o‘yin natijasiga ta’sir qildi. Eslatib o‘tamiz, Istomin…

Denis Istomin ispaniyalik Karreno Bustani mag‘lub etdi!

Australian Open–2017 musobaqasining uchinchi davrasida o‘zbekistonlik Denis Istomin dunyoning 31-raketkasi – ispaniyalik Pablo Karreno Bustani mag‘lub etdi. Uchrashuv 3 soat 30 daqiqa davom etdi. Besh set natijasiga ko‘ra Denis 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Denis Istomin bahs davomida 16 marta «eys»ni amalga oshirgan bo’lsa, 2 marta qo’shxatoga yo’l qo’ydi, 51 marta uzoq…

Denis Istomin jahonning ikkinchi raqamli raketkachisi Novak Jokovichni mag‘lubiyatga uchratdi!

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi hisoblangan Novak Jokovichni mag‘lub etdi. Denis Istomin Novak Jokovichni 7/6(10), 5/7, 2/6, 7/6(6), 6/4 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 4 soatu 48 daqiqa davom etgan. Australian Open musobaqasining olti karra g‘olibi Novak Jokovich musobaqalarida dunyo reytingining kuchli 100 o‘rin olmagan o‘yinchisidan ilk bor mag‘lubiyatga…

Janubiy Koreya 2:1 O’zbekiston. O’zbekistonga omad yetishmadimi? (+video)

Jahon Chempionati – 2018 uchinchi saralash bosqichda Janubiy Koreya va O’zbekiston terma jamoalari o’zaro baxs olib borishdi. Natijada Janubiy Koreya 2:1 hisobi bilan O’zbekistonni yengdi! O’yinning 25-daqiqasida himoyachi to’pni darvozabonga uzatishda xatoga yo’l qo’ydi, darvozabon to’pni qaytarish uchun o’z jarima maydonini tark etdi. Marat Bikmaev to’pni egallab olib 35-40 metrlardan chap oyog’ida darvozani ishg’ol qildi…

Babayanning birinchi mag’lubiyati! O’zbekiston – Eron 0:1

Bugun Milliy terma jamoamizning JCH-2018 yo’lidagi navbatdagi raqibi Eron termasi bo’ldi. Jahon Chempionati saralash bosqichining 3-turida Eron milliy terma jamoasiga imkoniyat boy berildi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tdi. Uchrashuv oldida ko’plab hamyurtlarimizni bir savol qiynardi – Milliy terma jamoa qanday tarkibda maydonga tushadi? Sababi Odil Ahmedov jarohatidan to’la tuzalmagan va uning o’rnini kim egallashi…

AFC U-16 YAman – O‘zbekiston 0:1! (+video)

O’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turi yakuniga etdi. “D” guruhida O’zbekiston YAmannni 1:0 hisobida mag’lub etdi. Shunday qilib, dastlabki 2ta turdan so’ng O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi 6 ochkoni to’plab keyingi bosqichga yo’l olishdi. So’nggi turda KXDR va O’zbekiston jamoalari o’zaro o’yinda birinchi o’rinni hal qilib olishadi. Bu o’yin 23 sentyabr kuni bo’lib utadi. Video:

AFC U-16 O‘zbekiston – Tayland 5:3!

Yosh futbolchilarimiz Osiyo chempionatida guruhdagi birinchi uchrashuvini g‘alaba bilan boshlashdi. Hindistonda 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida chempionatni hamyurtlarimiz ishonchli g‘alaba bilan boshlashdi. Garchan raqib jamoa o‘yinni tezkor gol bilan boshlashiga qaramasdan, futbolchilarimiz birinchi bo‘limni 2:1 hisobida yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi. Jamoamizning ikkita goli hakam tomonidan raqiblar darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarimadan kiritildi. Ikkinchi bo‘limni hamyurtlarimiz…

Hamyurtlarimiz Dohadan g’alaba bilan qaytishmoqda! Qatar – O’zbekiston 0:1

O’zbekiston guruhdagi ikkinchi uchrashuvni Qatar terma jamoasiga qarshi o’tkazdi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi ushbu uchrashuvga quyidagi tarkibni tushurdi: Alexander Lobanov, Vitaliy Denisov, Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To’xtaxo’jaev, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Server Djeparov, Sardor Rashidov, Eldor Shomuradov, Igor Sergeev. Uchrashuv ikkala bo’limi ham teng kuchlar ostida o’tdi. Ikkila jamoalar ham extiyotkorona o’yinni boshlashdi,…