Manba: Adebayor «Paxtakor»ga o‘tmoqda

Manba: Adebayor «Paxtakor»ga o‘tmoqda

Turkiyaning «Qaysarispor» klubi hujumchisi Emmanuel Adebayor Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga o‘tmoqda, deya xabar bermoqda «Milliyet» nashri.

2 dekabr kungi «Beshiktosh» – «Qaysarispor» (4:1) o‘yinida jamoasining birgina javob goliga mualliflik qilgan futbolchi o‘yindan keyin klub va muxlislar bilan xayrlashgan.

35 yoshli togolik hujumchi «Paxtakor» safiga o‘tish masalasida Shota Arveladze bilan og‘zaki kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Emmanuel Adebayor «Arsenal» (2005-2009), «Manchester Siti» (2009-2011), «Real» (2010-2011), «Tottenhem» (2011-2015) va «Kristal Pelas» (2015-2016) kabi klublarda to‘p surgan, 2017 yil yanvarida Turkiya chempionatiga yo‘l olgan edi. U uch mavsum «Istanbul» klubida o‘ynagach, 2019 yil avgustida «Qaysarispor» safiga kelib qo‘shilgan va jamoa bilan bir yillik shartnoma imzolagandi.

«Qaysarispor» Turkiya Superligasi 13-turidan keyin turnir jadvalida bor yo‘g‘i bitta g‘alaba bilan so‘nggi 18-o‘rinni egallab turibdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social