O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvay jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi! (+video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvay jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi! (+video)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvay jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. Juma kuni Montevideodagi «Santenario» stadionida o‘tgan o‘yin 3:0 hisobida yakunlandi.

32-daqiqada yarimhimoyachi Jorjian de Arraskaete Luis Suares o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi golni 54-daqiqada penaltidan Luis Suaresning o‘zi kiritdi.

73-daqiqada himoyachi Xose Mariya Ximenes burchak to‘pini darvozaga aniq yo‘llab, hisobni yiriklashtirdi.

Uchrashuv tugash arafasida himoyachi Akrom Komilov xavfli o‘ynagani uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

O‘zbekiston keyingi o‘rtoqlik uchrashuvini oktyabrda Qatar termasiga qarshi o‘tkazadi.

Urugvay: Muslera, Pereyra (Laksalt 59), Ximenes, Godin, Kaseres, Vesino (Torreyra 59), Bentankur, Nandes (Rodriges 46), De Arraskaeta (Sanches 65), Suares (Stuani 83), Kavani (Gomes 76). Bosh murabbiy: Oskar Tabares.

O‘zbekiston: Suyunov, Azamov, Muhammadiyev (Otaxonov 58), Komilov, Ashurmatov, Turg‘unboyev (Yaxshiboyev 58), Hamrobekov (G‘iyosov 73), G‘aniyev (Aliboyev 73), Sidiqov (Shixov 81), Masharipov, O‘rinboyev (Abduxoliqov 46). Bosh murabbiy: Timur Kapadze.

Ogohlantirish: Masharipov 8, Ashurmatov 57, Vesino 57.

O‘yindan chetlashish: Komilov 79.

Video:

Manba

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social