5% – qonuni

5% – qonuni

Avtosinxronlamoq (avtosinxronizatsiya) tushunchasi ko`pchilikka ma`lum bo`lsa kerak. Gap  shundaki, agarda jamiyatda 5% insonlar bir vaqtda birdaniga harakatlansa, qolgan ko`pchilik ularni orqasidan qaytarishni boshlar ekan.

Masalan qaraydigan bo`lsak, agarda otlarning to`dasida 5% otlarni qo`rqitib va “ularni qochishga” majbur qilsangiz, shunda qolgan to`da ham ularni ortidan ketadi.

Shunga o`xshash hususiyat insonlarda ham mavjud ekan. Yaqinda angliyalik olimlar bir tadqiqotni o`tkazishdi: katta va keng zalga insonlarni taklif qilib va ularga vazifa berishdi ya`ni “xohlagan yo`nalishda harakatlanish”. Bir necha insonlarga esa aniq belgilangan yo`nalishni berishdi. Shunday qilib tadqiqot orqali aniqlandiki, 5% aniq maqsad bilan harakatlangan insonlar, qolganlarni ham shunday harakatlanishga majbur qilishlari mumkin.

Yana misol tariqasida, masalan, kontsert zalida o`tirganda 5-6 kishi qarsak chalishni boshlasa, ko`pchilik yoki barcha insonlar qarsak chalishni boshlashadi.

Shunday holatlarda ko`plab insonlar o`zining maqsadlari bilan foydalanib qolishadi. Misol uchun mish-mishlar orqali, masalan kimdir bir necha kundan so`ng qandaydir mol bozordan yoki do`konlardan yo`q bo`lishi mumkin deb aytsa va shunda 5% qo`rqib ketgan insonlar shu mollarni tezda sotib olishga harakat qilishadi va keyin boshqalar ham buni ko`rib shunday harakatlanishni boshlashadi. Shundan so`ng haqiqatdan ham bir necha kundan so`ng bu mol do`konlarda qolmaydi. 5% ig`vogarlarni deb insonlar o`rtasida sovuqchilikka va munosabatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Olimlarning maslahat berishicha, doim yangiliklarni eshitganingizda, albatta o`zingiz tekshirishga harakat qiling toki boshqa insonlarni ham bu mish-mishlarga ishontirib qo`ymang. Sizning hatti-harakatlaringiz boshqalarga ham ta`sir qilishi mumkin! –deya ingliz olimlari tomonidan ta`kidlab o`tildi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. adib

    bizada kereyli mish-mish 60% kishini fikrini buzadi, 40% kishini harakatini

  2. uz

    sababi esa oddiy-miyada

  3. ulug'

    mana vanaxoyat insonlar uzlarini hayvon deb tan olishdi!

  4. Nodir

    manimcha betda hichnima tan olingani yo’q. prosta misol qilib keltirishgan shekil?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social