5 ta yo’l: Qaysi yo’lni tanlar edingiz?

5 ta yo’l: Qaysi yo’lni tanlar edingiz?

Besh munajjimlar o’rmonda adashib qolishibdi.

Birinchisi dedi:

– Men chapga boraman – mening sezgim shunday deb aytmoqda.

Ikkinchisi dedi:

– Men o’ngga boraman – menimcha bu eng “to’g’ri” yo’l.

Uchinchisi dedi:

– Men orqaga qaytib boraman – biz u yerdan keldik, demak men albatta o’rmondan chiqib keta olaman.

To’rtinchisi dedi:

– Men oldinga boraman – oldinga yurishni davom ettirish kerak, o’rmon albatta tugaydi va yangi narsa ochiladi.

Beshinchisi dedi:

– Siz barchangiz yanglishyapsizlar. Yaxshi bir yo’l bor. Meni kutib turinglar.

U baland daraxtni topdi va unga chiqib oldi. U chiqib olguncha, qolganlar o’z yo’llaridan ketishdi. Yuqoridan, u qayerdan tez o’rmondan chiqib olish mumkinligini ko’rdi. Endi, u hatto-ki boshqa munajjimlar o’rmondan kim birinchi chiqishini ham aytishi mumkin edi. U yuqoriga chiqib, eng qisqa yo’lni ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldi. U muammo ustida ekanligini tushundi va hammadan ko’ra yaxshiroq muammoni hal qildi! U hamma narsani to’g’ri qilganini bilardi. Boshqalar qaysar edi va uni eshitmadilar. U eng dono odam edi!

Lekin u nohaq edi … Barchasi haq edilar.

Chapga borgan odam, chakalakzor ichiga kirib ketdi. U och qoldi va yovvoyi hayvonlardan yashirinishga majbur bo’ldi. Lekin u o’rmonda tirik qolishni o’rgandi, o’rmonning bir qismi bo’ldi va endi boshqalarga ham bunga o’rgatishi mumkin.

O’ngga ketgan inson qaroqchilarga duch keldi. Ular undan bor narsasini olib qo’yishdi va ular bilan birga qaroqchi bo’lishga majbur qilishdi. Lekin vaqt o’tgach u qaroqchilarda insoniyat va rahm-shafqat tuyg’ularini uyg’otdi. Ulardan ba’zilari tavba qilishdi va uning vafotidan so’ng ular o’zlari dono insonlar bo’lishdi.

Orqaga qaytib borgan odam esa o’rmonda yo’llakcha ochdi va keyinchalik u yo’lga aylandi va odamlar endi qo’rqmasdan o’rmondan yurishlari mumkin edi.

Oldiga ketgan odam, yangi joylarni kashf etuvchi inson bo’ldi. U hech bir odam bormagan joylarga bordi  va boshqalarga ajoyib imkoniyatlar ochdi.

Daraxtga chiqib ketgan esa qisqa yo’llarni topish bo’yicha mutaxassis bo’ldi. Unga barcha o’z muammolarini tezroq xal qilmoqchi bo’lgan insonlar murojat qilishar edi. Shunday qilib, barcha beshta munajjimlar o’z maqsadlarini bajardilar…

P.S. Unutmang, haqiqiy donolik – boshqalarga o’z yo’li bilan ketishga imkoniyat berish va har bir yo’l inson uchun muhim ekanligini bilishdir!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social