2018-yilda qanday emojilar paydo bo’ladi?

2018-yilda qanday emojilar paydo bo’ladi?

Unicode Consortium notijorat tashkiloti 11-nashrida (Unicode 11.0) kiritiladigan emoji ro’yxatini tasdiqladi. Emojilar to’plami pirat belgisiga ega bayroq, skeytbord, xitoy pishirig’i va ayiqcha o’yinchoqlar bilan to’ldirildi.

Mazkur belgilarni buyuk qahramonlar, jingalak va qizil sochli odamlar olishadi.

Gigiena mavzusini supurgi, tualet qog’ozi, sovun va gubka, ilm-fanni – laboratoriya ko’ylagi, sinov naychasini va magnitni ko’rsatib beradi.

Bundan tashqari, yangi standartlarga yenotlar, lampalar, gippopotamlar, kengurular, bo’rsiqlar, oqqushlar, tovuslar va to’tiqushlar kiradi.

Shunday qilib, 2666 emojilarga yangi 157 ta emoji qo’shiladi. Kutilayotganidek, Unicode keyingi spetsifikatsiyasi yozda paydo bo’ladi.

Biroq, bu yangi belgilar smartfonning ekrandagi klaviaturasida darhol paydo bo’ladi degani emas. Birinchidan, yirik ishlab chiquvchilar (Apple, Google va Microsoft kabi) kengaytirilgan belgilarni qo’llab-quvvatlashi kerak, shundan keyin u dastur ta’minoti yangilanishi sifatida foydalanish mumkin bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social