Hayotning undovlari bilan, o’zimizga yoqmaydigan kasbni tanlagandirmiz, yoki bo’lmasa o’zimiz yoqtirib tanlagan bo’lsak-da, ishimiz doimo bir xil bo’lgani uchun undan zerikkandirmiz. Zerikish bu bekorchilik emas. Bekorchilikdan zerikadiganlar ham bor. Ammo ishidan kundalik hayotidan zerikish ko’pchilikda bor. Zerikish ham toliqishni keltirib chiqaradi.
Tasavvur qiling, qilayotgan ishingizdan mamnun bo’lmasangiz, kasbingiz sizga quvonch bermasa, undan zerikasiz, zeriksangiz ham ilojsizlikdan ishga borasiz, bu kayfiyatda ishlash kishini nihoyatda toliqtiradi. Hammaga ma’lumki jismoniy harakatdan ko’ra hissiy holatimiz charchoqni keltirib chiqaradi. Mutaxassislar talabalarga zerikarli bo’lgan tekstni 90 daqiqa davomida o’qib chiqishni buyurishibdi. Bu tekst talabalar uchun zerikarli edi. Vaqt oxirida shu narsa ma’lum bo’ldiki, tekstni o’qish jarayonida ko’pchilik uxlab qoldi, ba’zilarining boshi og’ridi, ko’zlari toliqdi va asabiy bo’lib qolishdi. Anglagandirsiz, kishi o’zi qiziqmagan ish bilan shug’ullanganda ham shunday holatlar yuz beradi.
Masalan siz baliq oviga bordingiz. Ikki-uchta katta baliqlardan tutdingiz, kuningizning yarmi kutish bilan o’tgan bo’lsa-da, kun oxirida kayfiyatingiz chog’ edi. Axir uchta katta – katta baliq tutdingiz-da. Ammo bu holatga boshqacha tomondan qarab ko’ring. Agar baliq tutish mashg’uloti siz uchun zerikarli bo’lganda o’zingizni qanday his qilgan bo’lardingiz. Ishontirib aytamanki, kun oxirida kayfiyatingiz rasvo bo’lgan bo’lardi.
Ishingiz qanday? Aqliy mehnat bilan shug’ullanasizmi? Aqliy mehnat ko’p ham kishini toliqtirmaydi, lekin kun davomida qilishga ulgurmagan ishlar kishini toliqtiradi. Kuningiz u yoqqa chop, bu yoqqa chop bilan o’tib ketdi. Tayinli bir ish qilmadingiz, lekin kun oxirida uyga oyoqlaringizni sudrab, boshingiz og’rib qaytib kelasiz. Ishingizni almashtirishning iloji yo’q. Balki kimlardadir bordir, biroq hammada emas. Shunday ekan, ishingizni imkon qadar o’zingizga qiziqarli bo’lishi uchun harakat qiling. Ishingiz qandayligiga qarab, kun davomida qancha ishga ulgurganingizni hisoblang.
Kun davomida nimagadir bo’lsa ham minnatdorchilik bildiring. Kun oxirida qancha ishga ulgurganingiz haqida xisob-kitob qiling. Natijada ishingiz o’zingiz uchun qiziqarli bo’lib borayotganini his qilasiz. Zerikish va toliqishdan ham holi bo’lasiz. Undan tashqari ishingizning ijobiy tomonlari haqida fikr yuriting. Kayfiyatingiz ham yaxshilanadi, bosh og’riqlari ham kamayadi. Muhimi ishingizdan zerikmaydigan bo’lasiz.
Ман хам ўз ишимдан кўпинча чарчайман ва уйга келганимда, тезроқ ётиш хақида ўйлайман. Эртанги кунни асло ўйлашни истамайман. Йотиб дам олсам бас ва тезроқ оддиҳ кунлари келса эди дейман. Лекин бошқа иш топишга иложим йўқ
Хозирда нима қилишни хам билмайман. Одамлар бир нарса маслаҳат берила
Hayota shunday vazyatlar boladikiy bz hatoki hayotni tark etkimiz ham kep qoladi lekin har bir yomon kuni orqasda albada yahwi kunlar yotadi iwizga kelsak iwdan hech qachon charchamen va oldinga intlin
Zerikarli hayot zorku mazzaqib zerikamiz
Kasbimdan zerikmayman, sunchaki bugun buni muammosini erta boshqà muammosi, shu uchun zerikdim.Inson òzi uchun yashashi qiyin ekan.
Hamma narsam bor xudoga shukur, lekin hayotga qiziqishim yo‘q, chunki orzularim ushalmasligini bilganim uchun ham zerikarli bo‘lb qolgandir bu hayoy
Salom muhabbat!! Nega unday deysiz? Nega orzularingiz ushalmasligiga ishonasiz?
Bekorchilikdan zerikdim nima qilsam ekan?
Salom Nargiza! Xobbingiz bormi? U bu narsaga qiziqasizmi?
Zerikiw ozi nma u :-P. Dunyoda ideal insonni ozi yo’q. Wuncaki ozingiz kabi tentak insonni izlang
jajji qiz juda to’g’ri aytdingiz
Ha end. Cunki u mande
Bu bilan baxs ham qilib bo’lmaydi jajji qiz
Manimcha hayot zerikarli bolmasligi uchun atrofingizdagi odamlar quvnoq bolishi kerek. Bunday insonlar albatta biznesmenlar. Hammalaringa maslaxat berman qanday kasb bilan shugullanishdan qattiy nazar biznes bilan shugullaning shunda zerikishga voqt tipolmisz.
Salom Bekzod! Boshqa insonar bizni zerikishdan qutqaradi deb o’ylaysizmi?
Avvalambor hammaga salom, yuqoridagi fikrlarni o’qib chiqdim xa to’g’ri hammani fikrini to’liq qo’llab quvvatliyman
hayotda shunday vaziyatlar bo’lar ekanki tepalikga ko’tarilib ketvotgan inson turli xildagi past-balandliklarni ko’rishga majbur chunki cho’qqiga intilayotgan inson albatta qo’li shilinishi oyog’i sinishini mumkinligini bila turib intiladi va shu tavakkalni oz zimmasiga oladi
Mani fikrimcha odam qanaqa ishda mehnat qilmasin albatta bir kun bu qiyinchiliklar tugab yorug’likga chiqishi aniq va man bunga to’liq ishonaman.
Mana mani ozim ham Fermerlik sohasida faoliyat yuritishga juda qiziqaman lekin mablag’im yo’qligi sabab ozimni soham bo’lmish buxgalteriyada ishlab turishga va pul to’plab olgach ozimmi qizig’ishim bor sohaga kirmoqchimman buning uchun biroz zerikarli bo’gan sohada faoliyat yuritishimga to’g’ri kevotti.
Shundayakan ozgina qilsak sabr bizga ham keladi davr.
SAlom Abu Bakr! Fikringiz juda to’g’ri. Siz uchun zerikarli bo’lgan ish ham, albatta foydali, o’z niyatlaringizga albatta erishing
Assalomu alaykum va rohmatullohi barakotuh xayrli kun inson zerikmasligi u chun avval ozida hayotga bolgan qiziqishini oshirish Kere shunda hayotda yashashi osonlashadi har bir vaqtimiz daqiqamizni nimaga sariflaganimizni alloh oldida javobberamiz vaqt ganimat zerikishga vaqt yoq
Salom sirli odam, siz bo’sh vaqtingizni qanday o’tkazasiz?
Hayot bizni zerikishimizga arzimaydi. Shunday ekan biz hech qachon zerikmasligimiz kerak. Ha bilaman aytishga oson ammo o`zimdan kelib chiqib zerikish axmoqlarning ishi deyman. Nima uchun? desangiz javobim: men ham yoshligimda shifokor bo`laman deb niyat qilardim va 8-sinf bo`lganimda shu maqsadimga erishish uchun tayyorlanishni boshladim. O`sha vaqtda juda ham ko`p zerikardim hattoki onam kitobingni o`qi degan gaplari ham yoqmasdi va xonamga kirib kitobni bir chekkaga surib qoyardirm va zerikib o`tirardim soatlab xonamga qolib ketardim lekin kitobni 1 dona so`zini ham o`qimasdim. O`qituvchim bolalarni yoniga meni iza qilmasliglari uchun majburiy 1marta o`qib chiqasdim va 11-sinfgacha shu holat takrorlanasdi vanihoyat avgust keldi imtihonga kirish vaqtim keldi. Savollarni o`qiyman ma’nosiga tushunmasdim va o`zimdan belgilab chiqdim javobi 1 kundan keyin chiqdi. Xo`sh men o`qishga kirdimmi yoki yo`qmi? Albatta yo`q kirmadim chunki yoshligimda zerikib kitob o`qishim ham kelmasdi mana zerikishning ne’mati va o`zimga o`zim va’da berdim “zerikish ahmoqlarning ishi, zerikish meni hayotimni rasvo qildi endi men hayotga zerikib emas balki xursandlik bilan qarayman kelasi yil albatta o`qishga zerikishlarsiz kiraman” deb niyat qildim va yana 1 yil zerikishlarsiz o`qidim va buning ne’mati meni o`qishga grand asosida kirganim bo`ladi. Anashunaqa shuning uchun hech qachon zerikmang. Meni hayotdagi shiorim ham shu: Hayot zerikishimga arzimaydi. O`ylaymanki siz ham shu shior asosida yashasangiz hech qachon qoqilmaysiz.
Муштарий, гапизга тулик кушиламан. Жуда зур ездиз. Котта Рахмат.
Kunim 12 soat ish , 2 soati yolda , 8 soati uyquda 2, soati esa mayda chuda narsalarga vahtim otib ketadi qachon tugir ekan bunaqa hayot . Bir kun keladi … Ha mayli ishilaga rivoj .
Menimcha esa Zerikish juda foydali “Mashg’ulot”lardan bir. Ayni damda bu haqda kichik kitob yozayotgan edim. Boshqalarni fikrini bilish qiziq bo’ldi. Kitob katta ehtimol bilan Djacofff telegram kanalida chiqadi. Maqola uchun raxmat.
Djacoff kitob faqat telgramda chiqadimi yoki kitob ham chiqarasmi????????
aka muncha aql tashoqsiz
Kim?
zerikkan odam, hayotni sevmaydi
Zeriksang, borib ish qil