Oila psixologiyasi: er xotin baxtli bo’lish siri

Oila psixologiyasi: er xotin baxtli bo’lish siri

Er-xotin munosabatlari bir tekis munosabatlar emas. Yillar davomida bu munosabatlar ko’p marotaba sinaladi, dars ketadi, hatto sinishi ham mumkin. Oilaviy baxt boqiy bo’lishi mumkinmi?

Psixolog va seksapotologlarning ta’kidlashicha, oilaviy baxt uchun ko’p narsa kerak emas. Baxtiyor oila bu bor narsa. Bunday oilada faqat bir tomon emas, balki erkak ham ayol ham o’zini baxtiyor xis eta oladi.

Hozirgi kunda yosh kelin-kuyovlarga qilinayotgan sarpolarni ko’rib, ko’pchilik oilaviy baxt uchun taxt kerak deb o’ylashini tushunish qiyin emas. Yosh er-xotinni boshlang’ich oilaviy hayotida imkon qadar ko’proq buyumlar bilan ta’minlab, ularning turmushidagi barcha moddiy ehtiyojlarini oldindan qoplab qo’ysak, er-xotin bekamuko’st yashab baxtiyor turmush kechiradilar, deb hato o’ylaymiz. Keyin esa qancha sarpo qilinishidan qat’iy nazar ajralish, hafachilik va oila barbod bo’lishini ko’ramiz. Mebel qancha qimmatlashmasin, sarpo kiyimlari qanchalik ko’paymasin, oilani saqlab qolish imkoniyati unga bog’liq emasligini tushunamiz.

Oilaviy baxt-bu avallo erkak va ayol o’rtasidagi munosabatlar natijasidir. Unga katta oila, sarpolar va hatto yangi mashina ham ijobiy ta’sir ko’rsata olmaydi.

Er-xotin munosabatlarining yaxshilanishi ham, yomonlashi ham ularning bir-biriga bo’lgan munosabatiga bog’liq. Bu ehtiros tufayli jo’sh urayotgan jinsiy munosabatlar emas, ota-onasi qilgan sarpolardan kelib chiqadigan moliyaviy munosabatlar ham emas,  qaynona xizmatini qilish kerakligini ta’kidlovchi ijtimoiy munosabatlar ham emas. Baxtli hayot uchun kerak bo’lgan er-xotin orasidagi eng muhim munosabat – bu bir-biriga minnatdor bo’lish munosabatidir.

 

Er-xotin munosabatlaridagi eng katta hato – bir-biriga minnatdor bo’lmaslik!

 

Erkak ayoli unga chiroyli nonushta tayyorlagani uchun ichida bo’lsa ham minnatdor bo’lishni bilishi kerak, chunki ayoli uning uchun harakat qildi, uning ko’nglini olishni istadi. Ya’ni ayoli aynan u uchun tinmayotganini tushunib qadrlashni bilishi kerak. Hamma shundayku, demay, men uchun faqat shu ayol shunday deya o’zini xursand qila olishi kerak. Xotin bo’lgandan keyin qiladida, demay, berilayotgan e’tibor uchun avallo taqdiridan, keyin esa ayolidan minnatdor bo’lishni bilishi kerak.

Ayol ham eriga minnatdor bo’lishni o’rganishi lozim. Bozorlik qilib kelsa, uning uchun, bolalari uchun harakat qilayotganini tushunishi kerak. Tunda unga yoqimli harakat qilayotganini sezgan ayol ichida bo’lsa ham eriga minnatdor bo’lishi kerak. Chiroylik kiyim yoki sovg’a so’rab olib, eriga bor xursandchiligini ko’rsata bilishi kerak.

Ayolmi, erkakmi o’z turmush o’rtog’idan olayotgan barcha munosabatni norma singari qabul qilishi noto’g’ri. Oila degan kemani cho’kib ketmasligi uchun ikkovi harakat qilayotgan bo’lsa, demak ular bir-biri uchun harakat qilmoqda. Shuni ikkovi ham anglashi lozim. Minnatdorchilik insonni qanoatlantiradi.

Ota-onasini qarzga botirib uyini yasattirgan ayol eridan minnatdor bo’la olarmikin?  Kuyovlik xizmatini qilmay turib bosh-oyoq ta’minlanib qo’yilgan er ayolini qadrlay olarmikin?

Psixologiyaning qaysi rukuniga yuzlanmang, baxtli munosabatlarning negizida minnatdorchilik hissi yotadi. Dinimizda buni shkuronalik deb ataymiz.

Muhimi, yaxhsilikni kora bilish. Misol uchun  eri boshqa ayol ko’nglidan chiqib xotiniga qo’pollik qilayotganda minnatdor bo’lish aslo kerak emas. Yoki bo’lmasa kuni bilan ijtimoiy tarqmolardan boshini ko’tarmay, ko’zguni oldidan ketmaydigan ayolga ham minnatdorchilik shart emas.

Lekin ozmi-ko’pmi oilam, uyim-joyim, bolam-chaqam deydigan erkak va ayol o’zaro bir-birlariga minnatdorchilik hissini ko’rsatishni o’rganishlari lozim. Ko’chadan non olib kelsa ham, o’pib qo’ying. Ertasiga muzqaymoq keladi. Nonushtaga erta turib quymoq tayyorladimi, o’pib qoying, ertasi kuni somsa ko’rasiz.

Biz esa ko’pincha sheriklarimizning kamchiliklarini yaqqol sezamiz, ularga urg’u beramiz, to’g’irlashga harakat qilamiz yoki shu deb ranjib yuramiz. Kunda qilinadigan yaxshi amallariga esa oddiy holdek qaraymiz.

 

Ko’zga ko’rinarli joyga qoldirilgan birgina “Rahmat” yozuvi, uni o’qigan insonni qalbini bir zumda yorishtira oladi.

 

Sinab ko’ring, bugun turmush o’rtog’ingizga har kuni qilib yuradigan biron ishi uchun undan minnatdor ekanligingizni ko’rsating. U ish mayda bo’lsa ham minnatdor ekanligingizni sezsin. O’pib qo’ying, minnatdorchilik so’zlarini ayting, xursanchiligingizni namoyon qiling, qilgan oddiy ishini sovg’a singari qabul qiling.  Natijasi sizni juda tez xursand qilishiga aminmiz.

O’zi har bir oila hayot davomida bir necha bosqichdan o’tadi. Bu jarayonda er-xotin yanada yaqinlashadi yoki yanada uzqolashib ketadi.

1-bosqich

O’rganish davri. Bu davr turmushning ilk 3-5 yilga to’g’ri keladi. Bunda qaynona-kelin munosabatlari, birinchi farzand krizisi, er-xotinning bir-biri bilan yashashga o’rganishi bu yog’iga turmushning chiroyli kechishiga ta’sir qiluvchi muhim omil bo’ladi. Bu bosqich ikki juftlik haqiqiy oila bo’lishga o’rganish, yonidagiga yon bosish, o’zining istaklaridan ko’ra oilaning ehtiyojlarini ustun qo’yishni o’rganish davridir.

2-bosqich

Moliyaviy muammolar davri. Turmushning ilk 3 yilidan yaxshi o’tib o’lgan juftliklar endi yangi muammolarga duch keladi. 2-bosqich odatda 5-7 yil davom etadi. Bu davrda odatda oilada yana bir farzand dunyoga keladi, yosh oila esa biron katta ishga qo’l uradi. Yangi uy olish, uyni ta’mirdan chiqarish, mashina olish kabi qo’shimcha harajat va moliyaviy maqsadlar yuzaga keladi. Bunda oilada er-xotin munosabatlari takomillashadi, chunki ularda endi umumiy maqsadlari bor, ular endi o’zini emas oilasini ehtiyojini qondirish uchun ikkovi ham harakatini ayamaydilar.

3-bosqich

Zerikish davri. Turmushning 10 yillidigan boshlanadigan bu davrda oilada odatda bolalar bog’cha maktab yoshida bo’ladi, moliyaviy holat stabillashgan, er-xotin esa bir-biriga o’rgangan bo’ladi. Mana shunda er-xotin munosabatlari sinovdan o’tadi. Endi jinsiy munosabatlarga halaqit beradigan chaqaloq yig’isi eshitilmaydi, lekin extiros ham qaergadur yo’qolgan bo’lib qoladi. Ona bolalar bilan ovora, ota esa ko’cha ishlari bilan ovora. Er-xotin bir-birlariga vaqt ajratishi, jinsiy munosabatlarni yangi darajaga ko’tarishi, o’zaro ro’y bergan o’zgarishlarga qayta ko’nikish davri boshlanib u ham 5-7 yilcha davom etadi. Mana shu bosqichda erkak boshqa ayollarga qarashni boshlamasligi muhim. Zerikish bosqichida yengilroq ma’suliyatsizroq erkakning yurib ketishi oson bo’ladi.

4-bosqich

Bolalar muammolari kattalashgan davr. Endi er-xotin orasidagi suhbatlar farzandlar haqida, uydagi muammo va kelishmovchiliklar farzandlar tufayli, bahslashuv ham farzandlar mavzusida bo’ladi. Farzandlarning kelajagi biroz aniqlashtirilganida bu davr ham asta sekin so’nadi. Ko’pi bilan 5-7 yil davom etadigan tumurshning bu bosqichida farzandlarning kattalar hayotiga qadam bosishi davri boshlanadi. Farzandlar ishga, o’qishga kiradilar, ilk to’ylar bo’ladi.

5-bosqich

Xosil olish davri. Mana shu davrdan boshlab er-xotin oilaviy umri davomida ekkan urug’larining xosilini terishni boshlaydilar. Farzandlariga yaxshi tarbiya bergan bo’lsalar, ulardan chiroyli amallar ko’radilar. Pulni sovurmay meyorida keragicha ishlatib kun kechirgan bo’lsalar, endi buning barakasini ko’radilar. Solih va soliha qiz o’g’il o’stira olgan bo’lsalar, ularni to’ylarini qilib ikki barobar farzandlik bo’ladilar. Bu ishlar esa er-xotin orasidagi mehrni bir-birlariga bo’lgan minnatdorchilik tuyg’usi qo’shilgan holda yanada kuchayishiga olib keladi. Aksincha, er-xotinda farzandlar tarbiyasiz ulg’ayib, hayot molu-dunyo orqasidan quvish bilan kechgan bo’lib, nafs va xirs tiyilmagan bo’l’sa, u holda mana shu bosqich o’ta ayanchli kechadi. Bu davrda erkak va ayol ham endi yosh emas, yoshligida qilgan xatolari uchun yoshi katta bo’lganda haq to’lash juda qiyin.

Bu bosqich umrning oxiriga qadar davom etib, er-xotin baxtli bo’la oldimi yo’qmi ko’ratib beradi. Ahir turmushning ilk yillarida baxtli bo’lish muhim emas. Muhimi er-xotin turmushning barcha bosqichlaridan o’tib, bir-biriga bo’lgan mehrni asray olishidir. Buning uchun esa erkak ham ayol ham oilaning bir umumiy maqsadi uchun harakat va mehnatda bo’lishi darkor. Ana shundagina turmushining ohirgi bosqichi ularga haqiqiy baxt keltira oladi.

Oilani ko’pincha qayiq bilan solishtirishadi. Qayiq kabi oila ham suv yoqalab yoki suv oqimiga qarshi suzib yuradi. Oilani ham bo’ronlar va yomg’irlar qiynab turadi. Ushbu davr oila krizis davri deb ataladi. Krizis davri hamma oilalarda har xil kechib, krizisdan oilani saqlab oilani buzilib ketishiga yo’l qo’ymay, yangi bosqichga o’tish erga va xotinga bog’liq.

Ko’pincha birinchi krizis turmushning birinchi yilidayoq yuzaga keladi. Mazkur muammo to’ydan oldingi romantika o’tib turmush qiyinchiliklari bilan kurashayotgan er-xotinning bir birlarini tushunmasligidan, kutgan orzulari amalga oshmaganligidan paydo bo’ladi.

Ikkinchi krizis birinchi bola tug’ilganida sodir bo’ladi. Bunda oilada yangi inson va uning ehtiyoji ham bor ekanligi er-xotin hayotida katta o’zgarishlar tug’dirib, boshidan yangicha munosabat qurishni talab etadi.

Albatta hayot davomida oilalar turli tashqi va ichki ta’sirlar natijasida krizisga uchraydilar, bundan hech kim mustasno emas. Lekin krizisdan yengil chiqish, uni tezroq yo’q qilish, krizisdan keyin yanada baxtliroq yashay olish hammaning ham qo’lidan kelmaydi.

Psixolog, sotsiolog, qolaversa baxtli oilalarning ta’kidlashiga ko’ra, oilaning baxlti bo’lish tamoyillari quyidagicha:

1. Doim turmush o’rtog’ingiz bilan o’zingizni qiynayotgan narsalar haqida gapiring(ichingizga yutmang) va uni eshita biling.

2. Turmush o’rtog’ingiz kamchiliklariga sabrli bo’ling, axir sizda ham kamchiliklar yo’q emas.

3. Aldamang, samimiy bo’ling.

4. Turmush o’rtog’ingizga ishoning, uning ozodligini cheklamang.

5. Uy yumushlarini bo’lib oling.

6. Turmush o’rtog’ingiz fikrini hurmat qiling, o’zingizga o’xshatishga harakat qilmang.

7. Turmush o’rtog’ingiz fe’lini qadrlang, shundayligicha qabul qiling, aynan o’sha sizda yo’q bo’lgan fazilatlarni hurmat qiling.

8. Qadriyatlaringiz haqida gaplashing, oilaviy tarixingiz bilan bo’lishing, umumiy qadriyatlarni yarating.

9. Do’st bo’ling, bir biringizni baxtiyor qilishga harakat qiling (oilada faqat muhabbat bo’lib do’stlik bo’lmasa, bunday oilalarda uzoq baxtiyor hayot bo’lishi qiyin, er- xotin bir biri bilan do’st kabi mehribon va hurmatda bo’lishi kerak).

10. Bir biringiz bilan gaplashing (faqat muammolar bilan chegaralanib qolmaydigan, yaxshi hayot kechirayotganligingiz haqidagi suhbat oilaga birlik keltiradi).

11.Jinsiy aloqada garmoniya. Bir birngizni doim hursand qiling, jinsiy aloqa bilan muntazam ravishda shug’ullaning,ehtiyojlaringiz haqida gapiring.

12. Bir-biringizdan dam olib turing (safarlar, dugona va do’stlar bilan uchrashuvlar, ota-onanikiga borib kelish).

13. Umumiy rejalar qiling.

14. Kelajakni chiroyli qilish uchun umumiy orzular yarating.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. To'maris

    menga maqola juda ma’qul keldi. raxmat fazo.tv

  2. Maftuna

    erim bilan k6p k6p uruwamiz, nima qilsa b6ladi? maslaxat berila

  3. Gavhar

    yaqinda t6yim b6ladi, tabriklela laugh

  4. Poki

    Tabrikliman! baxtli b6lila!

  5. Обид

    бахтли булила дустла!

  6. Laaylo

    4iroyli rasmla q6yibsila

  7. Maloy

    juda foydali 4iqiti maqola

  8. Yulbars

    rofl rofl rofl

  9. Malika

    Baxtli b6lila odamla kiss

  10. Shaxlo

    good

  11. vohid

    Xudoga iwongan va sevgan insoni u4un ibodat qilgan insonning oilasi har doim tin4 va baxtli buladi

  12. Umid

    Hayot juda qiziq narsa, bugun bir inson bilan u4rawasiz, ertaga esa bowqa insonni sevib unga uylanasiz. Bu Xudoning rejasidir, sizga kerakli odam, sizga kerakli vaqtda u4raydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social