Abituriyentlar diqqatiga: oʻqishga kirishda qoʻl keladigan 12 maslahat

Abituriyentlar diqqatiga: oʻqishga kirishda qoʻl keladigan 12 maslahat

Imtihonlarga tayyorgarlik davrida zarur hisoblanmish xotira, diqqat va, hatto, kayfiyatni sezilarli koʻtaruvchi usullar mavjud.

BBC neyrobiologlar, ruhshunoslar, parhezshunoslar va oʻqituvchilar hamda talabalarning fikrlariga tayanib, abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar roʻyxatini tuzib chiqdi.

1. Nonushta va “miya uchun ozuqa”

Tananing toʻgʻri faoliyat yuritishi uchun quvvat talab etiladi. Miyaning diqqatni jamlay olish qobiliyati esa aynan glyukoza koʻrinishidagi barqaror quvvat manbasiga bogʻliqdir.

Tadqiqotlar nonushtani kanda qilmaydigan oʻquvchilar, imtihon vaqti diqqatini bir nuqtaga qarata olgani va maʼlumotlarni yaxshi eslaganidan, aʼlo natijalarga erishishini koʻrsatadi.

Demak, kunni ertalabki soatlar davomida oʻzidan asta-sekinlik bilan quvvat ajratadigan nonushtadan boshlang: suli boʻtqasi, boshoqli donlardan tayyorlangan non yoki tarkibida shakar miqdori kam boʻlgan myusli.

Shuningdek, nonushtada maʼlum darajada oqsil ham boʻlishi lozim: kam miqdordagi sut, yogurt yoki tuxum.

Ushbu mahsulotlarning miya faoliyatiga ijobiy taʼsir etishi isbotlangan: tuxum, baliq, boshoqli donlar, karam, ismaloq va brokkoli kabi toʻq-yashil bargli sabzavotlar, pomidor va avokado.

Tarkibida antioksidantlar va antosiyaninlar mavjud ichimliklar xotira va kayfiyatni qisqa vaqtga koʻtarishi mumkin. Mazkur moddalar chernika, qulupnay, yongʻoq, zaytun, oshqovoq urugʻi va qora shokolad tarkibida ham uchraydi.

2. Hammasini barvaqt boshlang

Tayyorgarlikni imtihonlarga oz qolganda emas, balki bir necha oy avval boshlashga harakat qiling. Shunda oʻzingizga boʻlgan ishonch ham ortadi.

Darslarni erta tongdan tayyorlang. Bu paytda miya yetarlicha dam olgan boʻladi. Darslarning katta qismini kunning ikkinchi yarmiga qoldirmang.

Eng yaxshisi – oʻzingiz uchun darslar jadvalini tuzib oling, oʻqishni har kuni bir vaqtda boshlash va tugatishga urining. Bu fanlarni oʻzlashtirishingizga katta yordam beradi.

3. Aynan nimaga diqqat qaratishni aniqlab oling

Siz aynan qanday turdagi imtihonga tayyorgarlik koʻryapsiz? Yozma, ogʻzaki yoki test koʻrinishida?

Imtihon turlarining har biri turlicha tayyorgarlik usullarini talab etadi.

Yozma-ijodiy imtihon uchun barcha fanlarni diqqat bilan oʻqish shart emas. Shunchaki, imtihon markazida turgan mavzuni chuqur oʻrganishning oʻzi kifoya.

Bir necha variantlardan iborat test shaklidagi imtihon uchun, qaytanga, oʻquv dasturini jiddiy anglash zarur boʻladi.

4. Reja tuzib oling

Aksariyat oʻquvchilar uchun rejaga qatʼiy amal qilish qiyin kechishi mumkin, ammo bu vaqtni sezilarli tejashga yordam beradi.

Reja tuzib olsangiz, bir darsdan keyin qaysinisini boshlashga bosh qotirib, bir daqiqa ham vaqtni behuda sarflamaysiz.

Biroq reja aniq va puxta boʻlishi kerak. Unga faqat qaysi fanlarni ketma-ketlikda oʻqishni emas, balki mavzular va qaydlarni ham kiriting.

Va tanaffus qilish, sport bilan shugʻullanish va odamlar bilan muloqotda boʻlishni ham yoddan chiqarmang.

5. Tanaffus – eng yaxshi yordamchingiz

Darslar orasida, albatta, tanaffus boʻlishiga eʼtibor bering. Fanni bir kunda uzluksiz 10 soat oʻrgangandan 10 kun davomida bir soatdan oʻqigan koʻproq samara beradi.

Takrorlash – bilimlarning onasi, degan gap bor. Biroq oʻrganilgan darsni shu zahoti qayta takrorlashga urinmang. Tadqiqotlar dars va takrorlash oʻrtasida maʼlum tanaffus olinishi lozimligini koʻrsatadi.

Vaqt olingan maʼlumotni maʼlum darajada esdan chiqarishga imkon yaratadi va tanaffusdan soʻng qilingan takrorlash davomida maʼlumot miyaga yaxshiroq oʻrnashadi.

Bu usul “xotirani tadqiq qilish sohasi tarixidagi eng ishonchli”laridan biri, deya tan olingan.

Lekin imtihonni aʼlo topshirishda faqat bir usulga tayanib qolish yaramaydi.

Muhim maʼlumotlarni yozma qayd etib borish, guruh boʻlib savol-javob oʻtkazish va bu suhbatlarni yozib olib, qayta tinglash ham yodlab qolish qobiliyatini ajoyib tarzda oshiradi.

Bundan tashqari, takrorlash va yodlab qolishning ommabop, ammo tadqiqotlar tomonidan foydasi kam ekani isbotlangan usullariga ortiqcha kuch va vaqt sarflamang.

Masalan, kitobdagi jumlalarni rangli markerlar bilan ajratib boʻyashning samarasi deyarli yoʻqligi isbotlangan.

6. Oʻzingizni doimiy sinab boring

Dunyoning yetakchi ruhshunoslari va neyrobiologlari soʻzlariga koʻra, “oʻz-oʻzini imtihon qilish” maʼlumotni oʻzlashtirishning eng samarali usullaridan biri boʻlishi mumkin.

Oʻrganilganlar boʻyicha oʻzini savolga tutish mavzuni chuqurroq va aniqroq anglashga yordam beradi.

Imtihondan oldin oʻzingizni sinov testlarida bir necha bor sinab koʻring va zaif nuqtalaringizni aniqlashga harakat qiling.

7. Oʻqituvchiga aylaning

Demak, mavzuni oʻrgandingiz, yuqoridagi usullar asosida takrorladingiz va oʻzingizni sinab koʻrdingiz. Xoʻsh, endi nima qilmoq kerak?

Albatta, oʻzlashtirganlaringizni boshqalarga oʻrgatishga harakat qiling.

Bunda xotira va yodlash qobiliyati keskin oshadi. Sababi siz mavzuni boshqalarga tushuntirib berishingiz uchun uni, birinchi navbatda, oʻzingiz yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishingiz talab etiladi.

8. Telefonni yashirib qoʻying

Zamonaviy dunyoda smartfonlar eng yaqin yordamchi ekani borasida bahslashishdan foyda yoʻq.

Biroq imtihonga tayyorgarlik davrida smartfonlar eng katta chalgʻituvchiga aylanishi mumkin.

“Qandaydir muhim voqeani oʻtkazib yuborishdan qoʻrquv” taʼsiri (Fear of missing out effect) ostida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarning “quli”ga aylanib qolishingiz hech gap emas.

Shunday ekan, tayyorgarliklarga kirishishdan oldin imtihonga qadar telefonni biron joyga yashirib qoʻying.

9. Kamroq musiqa, koʻproq sukunat

Baʼzilar musiqa sadosi yoki quloqchin bilan dars tayyorlashni xush koʻradi. Biroq bu maʼlumotlarni miyada oʻzlashtirishga xalal berishi mumkin.

Dars payti atrofda sukunat hukmron boʻlishini taʼminlashga urining.

10. Toza havo va badantarbiya

Dam olishsiz oʻtgan tayyorgarlik – besamar yumush. Miyaga dam berish, toza havoda sayr qilish va badanni chiniqtirish yuqori natija garovidir.

Tana va ong bir-biri bilan uzviy bogʻlangan. Jismoniy mashqlar qon aylanishini yaxshilab, miyaga koʻproq kislorod borishini taʼminlaydi. Zero, imtihon uchun aynan tiniq ong kerakdir.

Tabiat qoʻynida sayr qilish esa odamni tinchlantirib, oʻziga boʻlgan ishonchni anchayin oshiradi.

11. Toʻyib uxlang

Imtihondan bir kun oldin tiniqib uxlashingiz zarur boʻladi.

Tayyorgarlik davrida, imkon qadar, ertaroq yotishga harakat qiling. Shunda, toʻyib uxlaysiz va barvaqt tura olasiz, kun boʻyi rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirishga ulgurasiz.

Yarim tunda holdan toyib qolsangiz ham darsni oxiriga yetkazib qoʻyish odatidan tiyiling. Ishoning, bunday qatʼiyat bilan deyarli hech qanday natijaga erishmaysiz.

Baʼzi vaqtlarda tun yarimdan ogʻgangacha darsni toʻxtatishning imkoni boʻlmay qolishi mumkin. Biroq, imkon qadar, tunni uyquda oʻtkazishga urining.

12. Xotirjam va pozitiv boʻling

Demak, endi sizda omadga eltuvchi butun boshli qoʻllanma bor. Yuqoridagi maslahatlarga amal qilib, muvaffaqiyatga erishing.

Oʻqishga kirishda raqobat qanchalik kuchli boʻlmasin, bu tushkunlikka berilishingizga asos boʻlmasligi kerak.

Hech boʻlmaganda, endi oʻz ustingizda qanday samarali ishlash mumkinligini bilasiz.

Asosiysi, xotirjamlik va yuqori kayfiyatni saqlashga harakat qiling. Yoʻqsa, soatlab oʻqiganingiz bilan bundan biror foyda boʻlmaydi.

Va nihoyat, oxirgi va muhim maslahatlardan biri: imtihondan soʻng oʻzingizni taqdirlashni aslo yoddan chiqarmang.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Keyingi yili 6qiwga kiraman. Maslahatlar u-n raxmat!

  2. Katta raxmat! Yaqinda topwiraman! Omad tilanglar!

  3. Sumayya

    Assalomu aleykum Fazo tv.Kotta raxmat.Kakras mashnaqa informatsiyala hozi manga rassayam keregidi.I manga bergan matimatseyizda bitta narsa yoqdi.
    ,,Oʻqituvchiga aylaning”
    Shu joyi manga ancha energiya berdi.Yana bir matta RAXMAT

  4. Fazo.tv

    Salom Sumayya! Biz juda xursandmiz! Sizga katta raxmat! Va barcha ishlaringizda omad smile

  5. Juda ajoyib maslahatlar rahmat

  6. Telefonini yashirib qoʻyishdan barchasiga albatta amal qilaman lekin aniq telefoni yashirib qoya olmasam kerak manimcha

  7. Jasmina opalarin :-D

    Bizani telni yashirib qo’yishsa ham qattan bo’masin topib olamiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social