Har qanday tinglovchi diqqatini tortishning 7 usuli

Har qanday tinglovchi diqqatini tortishning 7 usuli

Quyidagi harakatlarni takrorlang va hech qaysi auditoriya sizning chiqishingizni o‘tkazib yubormaydi.

1. Harakat

Tasavvur qiling, siz kimnidir muttasil ravishda devordagi bir nuqtaga qarab turishga majbur qilmoqchisiz. Amaliy jihatdan buning iloji yo‘q: bizning ko‘zlarimiz doimiy ravishda u narsadan bu narsaga o‘tib, qimirlab turishni istaydi. Nigohni bir joyda ushlab turishga urinish esa, katta ehtimol bilan, uyquni keltiradi, xolos.

Diqqatni tortish uchun harakat zarur. Xuddi to‘g‘ri ma’nodagidek — auditoriya yoki sahna bo‘ylab yurish va ko‘chma ma’nodagi kabi — bir mavzudan ikkinchi mavzuga o‘tish. Hattoki mavhum narsalar haqida so‘z boradigan aynan bir savol ustida ancha vaqt to‘xtalib qolishga to‘g‘ri kelsa ham, hayotiy misollar bilan nutqingizni boyitib boring. Shunda sizni tinglash yengilroq bo‘ladi.

2. Kutilmagan tasodif

Qayta-qayta takrorlanuvchi voqealar bizni zeriktiradi. Bir xil hodisalarni gapiraveradigan odamlar yoki bizga allaqachon ma’lum ayni dalillardan so‘zlovchi siyosatchilar diqqatni ulardan boshqa bir narsaga qaratish xohishini uyg‘otishadi.

Sizni qiziqish bilan qarshi olishlari uchun sirlarga ham joy qoldiring. Voqealar ketma-ketligini o‘zgartirib bayon eting va shu orqali eshituvchi jarayon davomini taxmin qilishga urinsin. Uzoqdan boshlang, bir vaqtda sodir bo‘lgan noodatiy narsani qo‘shing, bir maromda so‘zlayotganday taassurot paydo bo‘lishi bilan keskin burilish qiling va mazmunni o‘zgartiring.

Nutqingizni ko‘zdan kechira turib, tinglovchi har safar sizdan aynan nimani eshitishni xohlashini taxmin qilib oling — va kutilgan ma’lumotni taqdim eting.

3. Tayyorlangan harakat

Ommaviy nutqda muhim narsalardan biri bu ma’ruzachining xatti-harakatidir. Jo‘shqinliksiz ko‘zlarni yerdan uzmay, eshituvchilardan o‘zingizni yashirganday ishtiyoqsiz gapirsangiz, tomoshabinlar ham xuddi shuni takrorlashadi – zerikishadi va tezroq tugatishingizni xohlashadi.

Tinglovchilarda qanday his-tuyg‘ular uyg‘otishni xohlayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring va shunga muvofiq harakat qiling. Agar sizga odamlar fikrlari oqimi kerak bo‘lsa, ularga bosim bilan aloqa qiling. Qiziqish va quvonchli ishtiyoqni kutayotgan bo‘lsangiz, ochiq va g‘ayrat bilan gapirishga harakat qilishingiz lozim. Tomoshabin qanday ko‘rsa shunday javob qaytaradi – bu qoida spektakllar sohasida ham ish beradi.

4. Bayonotlar zanjiri

Tasavvur qiling, sizga noma’lum xizmat ko‘rsatish kompaniyasidan qo‘ng‘iroq qilishdi va birinchi navbatda savolga tutishadi: «Bizning kompaniya xizmatlaridan foydalanmoqchimisiz?». Albatta, siz «Yo‘q» deb javob berasiz. Endi qo‘ng‘iroq qilgan odam fikringizdan qaytarishi uchun sizga mo‘jizalar ko‘rsatishi kerak va u muvaffaqiyat qozonishi dargumon.

Agar biz rad qilishni boshlasak, butun tabiatimiz o‘z fikrida qolishga va holatini o‘zgartirmaslikka harakat qiladi. Biz mutlaqo yopilamiz, suhbatdoshning so‘zlariga shubha bilan qaray boshlaymiz va uning fikrlarini, hatto ular umuman boshqa mavzuda bo‘lsa ham, qabul qilishni xohlamaymiz.

Shuning uchun suhbat oldidan bayonotlar zanjirini yaratish kerak. Avvalo «Ha» javobini olish mumkin bo‘lgan bir necha savollar tayyorlang. Bu sizning g‘oyalaringizni idrok qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi va tinglovchilar e’tiborini sizga qaratishiga turtki bo‘ladi. «Ha» javobini bergan odam ma’lumotlaringizni egallash va zavq bilan tinglashga psixologik jihatdan moslashadi.

5. Savolga tutish

Tomoshabinlarni «jonlantirish» va odamlarni sizni tinglashga undashning yana bir sinalgan usuli bu savol berishdir. Ommaga qaratilgan nutq, qoida tariqasida, bir tomonlama ta’sirlanishdir. Spiker so‘zlaydi, qolganlar tinglashadi. Ammo odamlar diqqati tarqala boshlaganini sezsangiz, ularga savollar bering.

Bu o‘zaro ta’sir sxemasini o‘zgartirdi: endi tinglovchilar gapirishlari kerak, siz esa eshitasiz. Bir lahzaga bo‘lsa ham tomoshabinlar vaziyat ustidan nazorat qilishadi, qiziqish qaytib ularni tezroq javob berishga undaydi. Odamlar suhbatda ekanliklarini his qilishadi, bu shunchaki ma’lumot olib tinglashdan ko‘ra ancha qiziqarlidir.

6. Yangiliklar keltiring

Odamlar doimo yangi ma’lumotlarga o‘ch. Bu yangiliklarni o‘qishni yaxshi ko‘rishimizning sabablaridan biri. Bu ojiz tomonni o‘z maqsadlaringiz yo‘lida ishlatishingiz mumkin. Nutq e’tibor tortadigan bo‘lishi uchun unga mavzuga aloqador ammo o‘z-o‘zidan jalb qiluvchi yangi axborotlar qo‘shib gapiring.

Masalan, butun sanoatni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi ixtiro, sohaga oid hayratlanarli kashfiyot yoki siz so‘z yuritayotgan shahar yoki mamlakat bilan bog‘liq biror narsa. Asosiysi — yangiliklarda yetarlicha tanish ma’lumotlar bo‘lishi kerak, aks holda tinglovchi gap nima haqida ketayotganini idrok eta olmaydi. Notanish narsaning o‘ta ko‘pligi xuddi umuman yangi narsa yo‘qligi kabi yomondir.

7. Taqsimlash

Ba’zida so‘zlovchi bilim va tajribalarga shunchalik ko‘p ega bo‘ladiki, o‘z tinglovchilari uchun mavzu borasida barcha axborotlarni birdaniga yetkazib bergisi keladi va bunga shoshiladi, chunki vaqt doim nazoratda. Ammo sekinlashgan ma’qul. Eshituvchilar kichik davr oralig‘ida ko‘plab ma’lumotni eslab qolish imkoniyatiga ega emas (agar shunday bo‘lganda hozir sizning o‘rningizda ulardan birortasi turgan bo‘lardi), bosim ostida bunga majburlash esa sizning tezislaringiz hattoki bittasi ham yodda saqlanib qolmasligiga olib keladi.

Tinglovchilar sizning so‘zlaringizga haqiqatan ham e’tibor berishlarini istasangiz, bir yoki ikkita asosiy fikrni ajratib oling va faqat ular ustida so‘zlang. Kichik tezis, hayotiy voqealar va boshqa ma’lumotlar orqali mavzuni kengaytiring, ammo mazmunni o‘zgartirmang. Asosiysi diqqatni yo‘qotmaslik — nutq jamlangan bo‘lsa, tinglovchilar e’tiborini qozonasiz.

Kommentlar: 21 komment. 21 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ODDIY BOLA

    Raxmat fazo.tv. Zo’r maqola bopti.bugundan bowlab wunday qlaman

  2. jajji qiz

    Uxti ajoyib maqola. Kop narsalani organdim. Buning ucun Fazo.tvga kottakon rahmat yes

  3. Fazo.tv

    smile smile smile smile

  4. Fazo.tv

    O’zingizni yaxshi gapirovchi deb hisoblaysizmi?

  5. jajji qiz

    ??? Torisi gapizzi manosiga чучуть tuwunmadm unknw

  6. Fazo.tv

    O’zingizni gap ustasi deb ayta olasizmi demoqchi edim, uzr)

  7. jajji qiz

    Vay nega uzr sorisiz. Man xafa bomadm. Nito cunganim yoo. Xoow agar savolizga javob beradigon bosam umuman soz ustasimasman manmca. Har doim birxil gap “kottakon rahmat rosa yoqdi” kopinca bir xil gapiraman mandan soz ustasi ciqmasa kere

  8. ODDIY BOLA

    Ciqadi iwon6rin kere bosa psiholog ciqadi.6qidm maslahatlarizi yawirnca opammi telidan

  9. jajji qiz

    Adam ham psixolog bolasan kotta bosen didla. pardon

  10. ODDIY BOLA

    Sezimman unda

  11. jajji qiz

    Daa sezibsz yes

  12. musulmanka

    Salom qalesla man kim bo’laman etberolisilami laugh

  13. musulmanka

    Insonning o`ziga bo`lgan ishonchi hayotda katta rol o`ynaydi: jamiyatda o`z o`rnini topishida, munosabatlarda baxtni his qilishida, omad kulib boqishida va hokoza. Xo`sh, ishonch qanday paydo bo`ladi?
    Ishonch — tabiiy narsa. Hech kim ishonchsizlik bilan dunyoga kelmaydi. Go`dak bolaga e`tibor bering, u o`z-o`zidan emaklay boshlaydi, atak-chechak qiladi, qiziquvchanlik bilan atrofidagi narsalarga qo`l uzatadi, qo`yib bersangiz, sherning qafasiga ham qo`rqmasdan kirib borishi mumkin. Qo`rquv, xavotir begona bo`lgani uchun ham bolalarda hammasi tabiiy kechadi. Ishonchsizlik keyinchalik paydo bo`ladi, ya`ni u orttirilgan muammo. Tarbiya, yomon tajriba, ijtimoiy muammolar, ruhiy va jismoniy jarohatlar uning yuzaga kelishini ta`minlaydi.

  14. musulmanka

    Ishonch nima? Ishonch – bu mavzuni yoritishga qaror qilar ekanman o’zimda qandaydur ma’suliyatni his etdim. Zamon-zamon deya zamonni ayblaymizu aslida aybdor o’zimiz ekanimizni bilmaymiz. Nega aynan ishonch deya yozib g’azab bilan insonlarni ayblashga o’tdim hayronman? Gohida ko’cha ko’yda do’stlarim davrasida yurib “u odamni gaplariga ishonma”, “u aniq aldayapti”, “Ishonimikin” deya so’zlayotgan odamlarni ko’raman. Hayronman nega odamlar ishonchsiz, nega shubxayu gumonlarga berilar inson??

  15. musulmanka

    Ayim xatola ucun uzr

  16. ODDIY BOLA

    Manmca Muslima,sz hayotga tik qaraydgan jiddiy va adolatli qizsz! topdimmi?

  17. ODDIY BOLA

    Aytganca, yoqtirganizi kecagi tuglgan kuni bilan tabriklab q6yin mani nomimdan. Sizi baxtizga sog b6sin.manmca uyam 2007

  18. jajji qiz

    Manmcayam 2007 bosala kere

  19. ODDIY BOLA

    Mandan 3yow kickina ekan! Omadini bersin! Menin yoqtrganmam 2007

  20. jajji qiz

    Oxxo zorku. Slaga omad. Inshallax eng baxtli juftlikladan biriga aylanasla Xudo holasa yes

  21. Fazo.tv

    Salom jajji qiz, gap ustasi bo’lishingizga ishonaman, chunki siz juda qiziq va chiroyli fikr qoldirasiz, haqiqatdan ham psixolog bo’lishingiz mumkin, agar o’zingizning niyatingiz bo’lsa.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social