Yomg’irli kunlarning birida, Pat ismli bola o’zi uchun joy topa olmadi va otasining atrofida aylanib yurib, unga halaqit berdi va uni ma’ruza tayyorlashiga to’sqinlik qildi.
Otasining sabr-toqati tugagach, u dunyo xaritasi joylashgan eski bir jurnalni oldi, uni juda ko’p mayda qismlarga yirtdi va o’g’liga shunday dedi: “Pat, xaritani shu mayda qismlardan yig’a olsang, men senga muzqaymoq uchun pul beraman”.
Hatto katta odam uchun ham, bu ish 5 daqiqada qilanadigan ish emas edi, ayniqsa, kichik Pat uchun.
O’g’li 10 daqiqada o’z vazifasini bajarib, xonasiga kirganida, otasi hayratlanib qoldi.
– Qanday qilib bu vazifani tez bajarding? – deb so’radi otasi.
– Bu unchalik qiyin emas edi, – deb javob berdi Pat.
“Xaritaning boshqa tomonida, bir insonning katta rasmi bor edi. Men shunchaki mayda qismlarni aylantirdim, odam qiyofasini to’pladim va keyin yana qog’ozni o’girib, dunyoning to’g’ri xaritasini oldim. Menimcha, agar inson to’g’ri bo’lsa, dunyo ham to’g’ri bo’ladi, deb o’yladim”.
Otasi bu gaplarni eshitib jilmaydi va bolasiga muzqaymoq uchun pul berdi.
“Agar inson to’g’ri bo’lsa, unda dunyo ham to’g’ri bo’ladi”, deb bolaning otasi ma’ruzasiga shu mavzuni qo’yish haqida o’yladi.