Inson uchun eng qadrli va yoqimli narsa …?

Inson uchun eng qadrli va yoqimli narsa …?

Er yuzida insoniyat uchun eng yoqimli boylik nima? Ko`pgina insonlar er yuzida pulni va moddiy boylikni qadrlashadi. Er yuzida insoniyat uchun eng qadrli va yoqimli narsa – bu inson xayotidir. Xudoga shukurki insoniyat ikki kishi, ota-onaning tuhfasi evaziga xayotga keladi. Bugungi kunda ko`pchilikfarzandlar, bu qadrli tuhfa uchun, kimga majbur ekanligini  esdan chiqarishgan.

Ota-onasining xatti xarakati va xarakteridan xafa va mamnun bo`lmagan insoniyatni bugungi kunda juda kam uchratishimiz mumkin. Er yuzida etuk insonning o`zi yo`q. Shuning uchun ota-onalar xam xuddi biz singari odatdagidek yanglishadilar.

Ota-onalar dunyoga farzand tug`ilgandan boshlab ota-ona bo`lishadi va xayot davomida bizni tarbiyalash orqali bu tajribani o`zlariga olishadi.  Shuning uchun xar birimiz og`riq va xafagarchilikni boshimizdan o`tkazganmiz, biroq ota-ona ham bularni bizlarga yomonlikni istab qilishmagan. Xuddi shuningdek, farzandlar ulg`aygandan so`ng, keyingi avlodga xuddi shunday munosabatda bo`ladilar.

Bizlar hayotimizdagi og`riq va xafagarchiliklar uchun ota-onamizni ayblashimiz to`g`ri emas. Ular kim bo`lishidan va bizlarga  nisbatan qanday munosabat bo`laganidan qat`iy nazar, ota-onamiz xurmatga loyiqdir. Biz bir muxim sabab uchun ularga o`z minnaddorchilik bildirsak arziydi. Ular bizlarga hayot berdi. Xudo esa bu hayotni ota-onamiz orqali berdi.

 

Ota-onaning vazifasi nafaqat bizni dunyoga keltirish balki o`z farzandini voyaga etkazib uni tarbilashdan iboratdir. Ular bizni tarbiyalash uchun ko`p kuch, g`ayrat, sog`liqlarini yo`qotishadi.

Qush o`z uyasi atrofida xavf-xatarni ko`rsa, bolaponlarini himoya qilish uchun ovchining e`tiborini o`ziga qaratib, uni uyasidan uzoqqa olib ketadi. Asal ari xam oilasi uchun asal yig`ib, charchoqdan va holsizlikdan ko`pincha gullar ustida jon beradi. Xar bir tirik mavjudotlarda ota ona-onaning roli juda muximdir.

Balki ota-onangizni kiyinishidan uyalarsiz, balki ular siz xohlagandek  ularning  chiroyli kiyimlari yo`qdir, bu ular bunday kiyinishni xohlamaydi degani emas. Bu sen chiroyli va zamonaviy kiyim kiyishing uchun barcha pullarini sen uchun sarflagandir. Balki ular senga o`xshab oliy ma`lumotli emasdir, lekin sen oliy ma`lumotli bo`lishing uchung ko`p mexnat qilishgan. Balki senga ularning yorilgan va qadoq qo`llari yoqmas, bilginki, sen shirin ovqat eyishing, toza, ozoda keyinishing va sen hech narsaga muhtoj bo`lmasliging uchun ular ko`p mexnat qilishgan.

Sening ota-onang insondir. Insoniyat esa bu dunyoda eng katta xurmatga loyiqdir. Ular senga ma`lumot, ovqat, sog`liq, kiyim va eng muhimi hayot berdi va o`z hayotlarini sen uchun bag`ishladi. Shunday ekan barchamiz ota-onamizni qadriga etaylik. Ular xurmatga loyiqdirlar!!!

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Zohid

    Ota-onaga qancha yaxshilik qilsa, shuncha oz!!!

  2. rustambek

    do’stlar o’z ota-onangizni qadrlanglar va sevinglar!men ota-onamni 23 yoshga tulib anglab etdim kanchalik ularni yaxshi qo’raman!

  3. Kamola

    Rustambek siz 23 yoshda anglab etibsiz bu yaxshi, men esa endi anglab etdim. Bilmadim bu kechmasmikan?

  4. rustambek

    Муаллиф: Kamola uylimanki buni anglab etish kechmas,chunki asosiy biz anglab etdik,kimdir bu haqida uylamidi xam!

  5. Feruza

    Kamola xechdan ko’ra, kechi yaxshi! Rustambekning fikriga qo’shilaman.

  6. rustambek

    minatdorman Муаллиф: Feruza. sizga savol bersam buladimi? siz chindan xam ota-onangizni sevasizmi? va qachon buni bildiz?

  7. Feruza

    Rustambek. Men yoshligimda ota-onamni juda ham sevib katta bo’lganman. Lekin 13-14 yoshimda ularni sevish va hurmat qilish juda qiyin bo’lgan. Balki bu o’smirlik davrdir. Hozir esa men ular chin qalbimdan sevaman va hurmat qilaman.

  8. rustambek

    Муаллиф: Feruza – xa Feruzahon siz togri aytingiz bu usmirlik davri,shunaka uyliman ko’pincha o’smirlarda buladi. lekin katta bulganda ular tushunishni boshlaydi nima uchun ota-ona shunaka yol tutganlar! bu anglab etish juda muhim,chunki ota-ona xech qachon yomonliklni tilamidilar!

  9. Номаълум

    Ko’pincha insoniya ota onani yo’qotgandan keyingina ularni qadrini tushunadi.

  10. Номаълум

    Xa to’g’ri aytasiz. Shuning uchun xar bir insomlarni qadrlish va ardoqlsh muhimdir.

  11. Робия

    Салом

  12. Fazo.tv

    Salom Робия! Yaxshimisiz? smile

  13. Kichkintoy. 09.

    OTA ONAM borligi men uchun baxt.❤️

  14. Diyor

    boast

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social