Bir shunday vaziyatni tasavvur qiling: bemor shifokor oldiga kelib, kasali haqida shikoyat qiladi. Shifokor esa unga shunday javob beradi: “Yaxshi, men hammasini tushundim. Bilasizmi, men nima qilaman? Men qo’shningizga dori yozib beraman”. “Rahmat sizga, aynan shu narsa menga davo bo’ladi – deb bemor hursand bo’lib ketadi”.
Axmoqlik! shunday emasmi? Ammo ko’pgina vaziyatlarda biz o’zimizni huddi shunday tutamiz! Inson doimo, agarda atrofdagi insonlar o’zgarib ketishsa, mening hayotim ham ancha yengillashib ketar edi, degan hayollar suradi.
“Agarda shu inson boshqacha bo’lganida, agarda mening qo’shnim, boshlig’im, xotinim… boshqacha bo’lganda, qanday yaxshi bo’lardi” – degan hayollar barchamizda o’tgan bo’lsa kerak. Biz atrofdagi insonlar o’zgarsa, shundagina hayotimiz yaxshi bo’lib ketadi deb o’ylaymiz.
Siz hech xotiningiz yoki eringiz xarakterdagi o’zgarishi qanday foyda olib kelishi haqida o’ylaganmisiz?
Ha, ular o’zgarishlari mumkin, chunki sizni sevishadi, ammo siz o’zingiz o’zgarishga tayyormisiz? Balki sizning xarakteringizda ham boshqalarga yoqmaydigan narsa bordir?
Agarda siz o’zingizni o’zgartira olsangiz ya’ni siz o’z fikr yuritishingizni, xis-tuyg’ularingizni va harakatlaringizni o’zgartira olsangiz, shunda siz atrofdagi dunyoni ham o’zgartira olasiz Shu orqali atrofdagi barcha narsa o’zgarishi mumkin.
“Dunyoni o’zgartirish uchun, birinchidan o’zingni o’zgartir!” Maxatma Gandi
Juda ajoyib maqola. Ko’pchilik boshqalarni aybdor qiladi, lekin asosiy sabab o’zlarida. Shuni tushunishsa, ancha hayot o’zgarardi.
Inson har doim o’zini hisob – kitobini qilish kerek. Men qayerda xato qilyapman dib so’rash kerek. Shunda aniq javobini topib u xato ustida ishlash lozim. Va eng muhimi aqlli insonlar bitta xatoni bir marta qilishadi. Ikkinchi bor aynan shu xatoni takrormaslik uchun birinchi xatoni bilish muhim. Aks holda inson bilmasdan xato qilaverishda davom etadi. Shu sababli, ilmsiz amal bo’lmaydi dib bejiz aytishmagan…
Gapingiz to’g’ri, hayotda bu juda muhim, qandaydir yutuqlarga ega bo’lishni istasang