Janubiy Koreya 2:1 O’zbekiston. O’zbekistonga omad yetishmadimi? (+video)

Janubiy Koreya 2:1 O’zbekiston. O’zbekistonga omad yetishmadimi? (+video)

Jahon Chempionati – 2018 uchinchi saralash bosqichda Janubiy Koreya va O’zbekiston terma jamoalari o’zaro baxs olib borishdi. Natijada Janubiy Koreya 2:1 hisobi bilan O’zbekistonni yengdi!

O’yinning 25-daqiqasida himoyachi to’pni darvozabonga uzatishda xatoga yo’l qo’ydi, darvozabon to’pni qaytarish uchun o’z jarima maydonini tark etdi. Marat Bikmaev to’pni egallab olib 35-40 metrlardan chap oyog’ida darvozani ishg’ol qildi – 0:1!

67-daqiqada chap qanotdan uzatilgan to’pni qaytarishda Lobanov xatoga yo’l qo’ydi, Nam Tae Xi boshi bilan gol urdi – 1:1. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Kim SHin Vuk boshi bilan to’pni sherigiga uzatdi, Ku Ja CHol to’pni darvozaga yo’lladi – 2:1.

Video:

Janubiy Koreya 2:1 O’zbekiston

Gollar: Marat Bikmaev 25, – 0:1. Nam Tae Xi 67, – 1:1. Ku Ja CHol 85, – 2:1.

Janubiy Koreya – 23.Kim Song Gyu, 4.Kim Ki Xi, 6.Park Ju Xu (3.Xong CHul, 82), 7.Son Xon Men, 10.Nam Tae Xi, 11.Ji Dong Von, 13.Ku Ja CHol, 16.Ki Son Yong, 18.Li Jon Xyop (9.Kim SHin Vuk, 66), 20.Jang Xyun Su, 22.Kim CHang Su.

O’zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov,  19.Vitaliy Denisov, 2.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Davron Hoshimov,  18.Otabek SHukurov, 17.Vadim Afonin, 9.Odil Ahmedov, 4.Marat Bikmaev (15.Aleksandr Geynrix, 60), 23.Eldor SHomurodov (14.Javohir Sohibov, 80), 11.Igor Sergeev.

O’zbekistonning keyingi o’yini 2017-yil 23-mart kuni Suriya terma jamoaga qarshi bo’lib o’tadi.

Manba: championat.asia

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    A shu, shuncha harakat qilib, oxirida yutkazib qo’ysa… alamli…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social