Ajrashishga yaqin bo’lgan munosabatlarni bir so’z bilan saqlash mumkin

Ajrashishga yaqin bo’lgan munosabatlarni bir so’z bilan saqlash mumkin

Ko’plab jurnallar munosabatlarni saqlab qolish haqidagi maqolalarga to’la va “romantik kecha uyushtirish, shamlarni yoqish va hokazo” kabi maslahatlarga boy. Biroq, olimlar olib borilgan tadqiqotlar asosida baxtli va mustahkam nikohni saqlashning asosiy omili o’zaro minnatdorchilikdir, deb tan olishdi.

O’zaro munosabatni saqlamoqchimisiz? Bir-biringizga minnatdorchilik bildiring.

Minnatdorchilik bildirish – nikohda baxtli bo’lishga bog’liq bo’lgan eng muhim narsa ekan. Ushbu xulosani Georgia Universitetining olimlari (AQSh) o’rganish natijasidan so’ng ta’kidlab o’tishdi.

O’zaro hurmat, turmush o’rtoqlarning nikoh va bir-biriga qanday munosabatda bo’lishiga bevosita ta’sir qiladi, bu esa o’z navbatida ittifoqning qanchalik uzoq va uyg’un bo’lishiga bog’liqdir.

Ittifoqni yemiradigan omillar ortiqcha talablar va tanqid qilishdir, shuningdek bir-birini “egovlash” yoki jimlik vaziyatida qolish ham nikohni yemirishi mumkin. Bunday hatti-harakatlar, ayniqsa, moliyaviy muammolarni hal qilishda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Minnatdorchilik esa, nikoh munosabatlarida katta yordam beradi, so’nib borayotgan munosabatga uchqun bag’ishlaydi va ajralishni oldini oladi. Bunda oddiygina “rahmat”so’zi o’z kuchini ko’rsatadi – deb tadqiqot muallifi Allen Barton ta’kidlab o’tdi.

Qanday qilib minnatdor bo’lishni o’rganish mumkin?

Afsuski, bizning miyamiz yaxshi narsadan ko’ra, yomonni ko’proq eslab qoladi. Shuning uchun, tanqid qilish, “egovlash” va nolish, maqtash va ko’ngilni ko’taradigan so’zlar aytishdan ancha osondir.

Minnatdorchilik qobiliyati muayyan amaliyotni talab qiladi, psixologlar kundalik hayotda minnatdor bo’lishga yordam beradigan quyidagi qadamlarni taklif qilishadi:

“Minnatdorchilik kundaligi” ni tutib boring. Sizga minnatdorchilik so’zlarini kundalikka yoki smartfondagi “eslatmalar” bo’limida saqlab qo’yishingiz mumkin. Siz har kuni sherigingiz va munosabatingiz uchun minnatdor bo’la oladigan, kamida 3 ta narsalarni yozib boring.

Ijobiy taraflarga e’tibor bering. Albatta, qayg’u va jahl kabi his tuyg’ularni tan olish va ular haqida gaplashish katta ahamiyat kasb etadi va bular juda muhimdir. Lekin, hatto eng qiyin kunda ham bir-biringizga “rahmat” aytishga sabab topish mumkin. Kundalikdagi oddiy narsalarga, masalan, yuvilgan idish-tovoq yoki uy yig’ishtirish kabi harakatlarga “rahmat”so’zini topish mumkin.

Minnatdorchilik bildirganda samimiy bo’ling. Agarda bunday his-tuyg’ularni o’zingizda sezmasangiz, baland parvoz gaplar bilan minnatdorchilikni tasvirlashga shoshilmang. Albatta, munosabatlarda ikkiyuzlamachilik uchun joy bo’lmasligi kerak.

Aniq va aniq gapiring, mavhum va noaniq gaplardan voz keching. Masalan, “Rahmat, siz yaxshisiz” ning o’rniga, “Bolani bolalar bog’chasidan olib kelganiz uchun rahmat” deb aytish yaxshiroqdir.

Sizchi? Ikkinchi yarmingizga tez-tez minnatdorchilik bildirasizmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social