O‘zini anglash va shaxs sifatida rivojlanish tendensiyalari tobora ommalashib bormoqda. Odamlarning mavjud ko‘nikmalarni takomillashtirishga, yaxshi natijalarga erishib, rivojlanishga intilayotgani quvonarli hol. Psixolog Milena Rijskaya qanday odatlar aql-zakovatni rivojlantirishi va mavjud bilimlarni mustahkamlashga yordam berishi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Yangi axborot qabul qilish
Yangi axborot va ma’lumotlar miya uchun “ozuqa” hisoblanadi. Miya ma’lumotni qabul qilib, uni qayta ishlaydi. Konservativ fikrlash va yangi ma’lumotdan qo‘rqish stagnatsiya, ya’ni xotiraning yomonlashishi va aqliy faoliyat bilan bog‘liq muammo keltirib chiqaradi. Aynan shu sabab ham har kuni yangi bilimlarni o‘zlashtirish va bundan cho‘chimaslik kerak.
Aql-zakovatli va qiziqarli odamlar bilan muloqot qilish
Do‘sting kimligini ayt, sening kimligingni aytaman, degan naql bejiz emas. Atrofimizdagi odamlar qiziqishlarimizning aksi hisoblanadi. Fikrlovchi zehnli insonlar davrasida bo‘lish, ularga intilish, aqlni charxlaydigan bilimlarni o‘zlashtirishga turtki bo‘ladi. Aksincha, sizni ortga tortadigan, aqliy o‘sishingizga hissa qo‘shmaydigan kimsalar dunyoqarashingiz va shaxs sifatida rivojlanishingizga salbiy ta’sir qiladi.
Kitob mutolaa qilish
Kun davomida mutolaa qilish nafaqat yangi bilimlarni o‘zlashtirish, balki fikrlarni aniq ifodalash, nutq va aqliy rivojlanishga ham hissa qo‘shadi. Har kim o‘z qiziqishiga qarab, istalgan kitobni qog‘oz yoki elektron variantda o‘qishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar sabab hatto quloqchinlar yordamida yo‘l-yo‘lakay tinglab ketish, buning uchun ortiqcha vaqt sarflamaslik mumkin.
Muhim faktlarni eslab qolishga urinish
Faktlarni eslab qolishga urinish miya uchun eng yaxshi mashq hisoblanadi. Muhim sanalar, faktlar, qiziqarli film sujeti, voqea va mahsulotlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni eslab qolishga harakat qiling, keyin esa vaqti-vaqti bilan ularni eslab tahlil qiling. Kun davomida kamida bitta faktni eslash, nafaqat bilim darajasini kengaytiradi, balki xotiraning ham o‘tkir bo‘lishiga yordam beradi.
Sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga qiziqish
Bir donishmanddan qanday qilib bu qadar bilimdon ekani so‘ralganida u: “Men hech qachon so‘rashdan qo‘rqmaganman”, — deb javob bergan. Ushbu tavsiya sizga ham asqatishi aniq. Tushunmagan va sizni qiziqtirgan narsani so‘rang va bilib oling, aniqlashtirishdan cho‘chimang. Odamlarni bezovta qilaman degan o‘yga bormang, ularning aksariyati bilganini bajon-u dil bo‘lishadi, siz esa kerakli ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Standart fikrlashdan voz keching
Nima qilish kerakligi allaqachon aniqligi va ortiqcha urinishga hojat yo‘qligi sabab hamma narsani avtomatik tarzda bajarish inson uchun qulay hisoblanadi. Ammo bu bilan sizda aqliy o‘sish kuzatilmaydi, hammasini odatiy bajarishga odatlangani sabab miyaning boshqa imkoniyat va variantlarni izlashiga zarurat bo‘lmaydi. Vaqti-vaqti bilan ish va hayotingizga yangiliklar kiritib turing, yangi usul va yechim topishga urining. Doimiylikdan qochish, farqli fikrlash intellektual salohiyatingizni kashf qilishga yordam beradi.
raxmat maqola u4un
zur, manga yoqdi
yaxwi maqola 4iqibdi, raxmat
foydali maqola, raxmat
man uzimni aqlli deb bilaman, 4unki hamma mendan maslaxat suriydi
aqlli buliw zamon warti
rasmla zur tanlabsila
hausga uxwidigan aqlli vra4la bormikan uzi?