Rashk — yomon tuyg‘u emas: nega uni darrov “qizil bayroq” deb hisoblamaslik kerak?

Rashk — yomon tuyg‘u emas: nega uni darrov “qizil bayroq” deb hisoblamaslik kerak?

Rashk har doim ham o‘ziga ishonchsizlik belgisi emas.

Rashk ko‘pincha mutlaqo salbiy, noto‘g‘ri tuyg‘u sifatida tasvirlanadi. Go‘yoki uni his qilishga hech kimning haqqi yo‘qdek. “Rashk qilayotgan odam o‘ziga ishonmaydi, sherigini o‘ziga tegishli deb biladi”, deyishadi. Umuman olganda, rashk — munosabatlardagi “qizil bayroq”, chunki sevishgan insonlar bir-biriga ishonishi kerak.

Shunday qilib, rashk qilish go‘yoki uyatdek ko‘rinadi. U bilan kurashish kerak, aks holda “sizda nimadir noto‘g‘ri” degan xulosaga kelishadi.

Ammo aslida sizda ham, rashkning o‘zida ham hammasi joyida bo‘lishi mumkin. Bu tuyg‘uni yovuz yoki zararli narsa sifatida ko‘rishni bas qilish kerakligining bir nechta sababi bor.

Rashk — tabiiy tuyg‘u

Inson o‘z munosabatlariga xavf tug‘ilganini his qilsa yoki sevgan insonini yo‘qotishdan qo‘rqsa, rashk paydo bo‘lishi mumkin. Turli vaziyatlarda va turli darajada bo‘lsa-da, deyarli har qanday inson rashk qilishi mumkin.

Rashk ham boshqa tuyg‘ular kabi paydo bo‘lgach, uni shunchaki “o‘chirib qo‘yish”ning iloji yo‘q. Uni bostirish yoki inkor qilishga urinishingiz mumkin, ammo bu bilan tuyg‘u baribir yo‘qolib qolmaydi.

Shuning uchun o‘zingizga “Ha, men rashk qilyapman” deb tan olish va “Buni his qilishga haqqim bormi?” deb o‘ylashdan ko‘ra, “Men bu tuyg‘uni qanday namoyon qilyapman?” degan savolni berish foydaliroq.

Masalan, haqiqatan ham patologik rashk degan holat mavjud. Bunda inson deyarli hamma narsani xavf sifatida ko‘radi, sherigiga boshqa odamlar yonida nafas olishni ham “taqiqlashi”, uydan chiqishiga qarshi bo‘lishi mumkin. Buning ustiga, shubhalanish uchun umuman real sabab ham bo‘lmasligi mumkin.

Bunday vaziyatda psixolog, hatto psixiatrga murojaat qilish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.

Agar siz umuman olganda sherigingizga ishonsangiz-u, baribir rashk qilsangiz va shu sababli o‘zingizni noqulay his qilsangiz, bu haqda gaplashib, kechinmalaringiz bilan bo‘lishish uchun sabab bo‘lishi mumkin.

Ba’zan o‘zingizning zaif tomoningizni ko‘rsatish va sherigingizdan “Hammasi joyida, munosabatlarimiz men uchun muhim” degan gaplarni eshitishning o‘ziyoq yengillik berishi mumkin.

Lekin muammo har doim ham sizda yoki ishonchsizligingizda bo‘lavermaydi. Bu esa bizni keyingi sababga olib keladi.

Rashkning sababi bo‘lishi mumkin

Tuyg‘ularimiz qandaydir voqealarga bo‘lgan munosabatimiz sifatida paydo bo‘ladi.

Rashkning sababini faqat o‘ziga past baho berish yoki ishonchsizlik bilan izohlasak, aslida rashk qilish uchun real sabab yo‘q, deb hisoblagan bo‘lamiz.

Ammo hayotda odamlar ba’zan xiyonat ham qiladi. Rashk esa inson sherigi unga xiyonat qilayotganini allaqachon sezib qolgan, lekin hali barcha dalillarni bir joyga to‘plab, 100 foiz amin bo‘la olmayotgani uchun ham paydo bo‘lishi mumkin.

Rashkni doim “yomon tuyg‘u” deb ko‘rsatish tufayli sherigidan nimanidir shubha qilayotgan odamni osonlikcha gaslayting qilish mumkin:

“Sen hammasini noto‘g‘ri tushunyapsan. Menga ishonmaysan. Har bir odamdan meni rashk qilaverma.”

Bunday manipulyatsiyaga tushib qolish oson. Natijada inson vaziyatni chuqurroq o‘rganib, shubhalari haqiqatan ham asoslimi-yo‘qmi, aniqlash o‘rniga o‘zini ayblay boshlashi mumkin.

Siz nafaqat rashk qilishga, balki g‘azablanishga ham haqlisiz.

Rashk muammolarni ko‘rsatib berishi mumkin

Agar sherigingiz sizga aniq sodiq bo‘lsa-yu, siz baribir uni rashk qilsangiz, bu haqiqatan ham o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liq muammolarga ishora qilishi mumkin.

Yoki balki ilgari xiyonatga duch kelgandirsiz va endi ayrim vaziyatlarga haddan tashqari keskin munosabat bildirayotgandirsiz.

Ammo rashkni yovuzlashtirishganda, gap odatda shunday tus oladi:

“Muammo senda. Shuning uchun shunchaki rashk qilishni bas qil.”

Lekin inson tuyg‘ularini bir zumda o‘chirib qo‘yadigan tugma yo‘q-ku.

O‘ziga ishonchsizlik ham, xiyonat sabab yuzaga kelgan ruhiy jarohat ham o‘z-o‘zidan muammo hisoblanadi va ular bilan shug‘ullanish, ularni hal qilish kerak.

Rashk esa ana shu muammolar mavjudligini anglashga yordam berishi mumkin.

Rashkning umuman bo‘lmasligi ham har doim yaxshi belgimas

Vaziyatga qarab har qanday inson rashk qilishi mumkin. Ammo bu hamma odamga va har qanday inson bilan munosabatda bo‘lganda sodir bo‘lavermaydi.

Agar kimdir o‘zining aynan shu sherigini umuman hech qachon hech kimdan rashk qilmasa, bu bir tomondan ishonch va o‘ziga bo‘lgan ishonch belgisi bo‘lishi mumkin.

Ammo boshqa tomondan, bu insonga munosabatlarning qanday rivojlanishi umuman qiziq emasligini ham anglatishi mumkin.

Ehtimol, bu har doim ham “biz bir-birimizni to‘liq tushunamiz” degan belgidir, deb bo‘lmaydi. Balki aksincha, his-tuyg‘ular sovib, endi har kim o‘z yo‘lidan ketadigan vaqt kelganini ko‘rsatayotgandir.

Kommentlar: 45 komment. 45 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shahnoza

    Rashkni doim yomon narsa deb o‘ylardim, maqoladan keyin fikrim biroz o‘zgardi

  2. Shahnoza

    Lekin rashk bilan odamni nazorat qilishni aralashtirmaslik kerak

  3. Shahnoza

    Rashk qilsang demak sevasan degan gapga ham uncha qoshilmayman

  4. Rashk tabiiy tuygu ekaniga qo‘shilaman, lekin bazilar bahona qilib odamni bogib tashlaydi

  5. Har 5 minutda qayerdasan kim bilan gaplashyapsan deb yozish sevgi emas aka

  6. Ishonch bo‘lmasa munosabatni ushlab turish qiyin

  7. Voy shu mavzu juda tegishli ekan rashk qilganim uchun ozimni ayblab yurardim

  8. Aslida tuyguni his qilish boshqa, unga qarab harakat qilish boshqa ekan

  9. Eng yoqqan joyi ozingni ayblashdan oldin sababini tushunish kerakligi

  10. Hamma narsani psixologiyaga tiqishtiraverish ham kerakmasda

  11. Bazida odam shunchaki rashk qiladi tamom

  12. Lekin haddan oshib ketsa boshqa masala, u paytda rostan muammo bor

  13. Rashk qilmaslik ham har doim yaxshi emas ekanligi qiziq fikr

  14. Bazida odam men juda xotirjamman deb oylaydi, aslida unga umuman farqi yoq bolishi mumkin

  15. Maqola yaxshi yozilibdi, bir tomonlama emas

  16. Rashk boshqa, nazorat boshqa narsalar

  17. Telefoningni ber koray deb yuradiganlar shu maqolani oqisin

  18. Ozingga ishonch bo‘lsa ham bazi vaziyatlarda rashk bolishi normal

  19. Menimcha eng katta xato rashk qilgan odamni darrov ishonchsiz deb chiqarish

  20. Balki rostan ham sabab bordir, darrov odamni ayblash notogri

  21. Lekin dalilsiz gumon bilan yashash ham odamni charchatadi

  22. Akmaljon

    Rashk sevgi belgisi degan gapni ham juda ko‘p ishlatamiz. Sevgi bolsa hurmat ham bolishi kerak, faqat rashk bilan ish bitmaydi. Qisqasi meyor kerak, hamma narsada

  23. Bir marta xiyonat korgan odam keyin hamma narsadan shubhalanishi mumkin, buni tushunaman

  24. Odamning oldingi tajribasi hozirgi munosabatiga tasir qilarkan

  25. Shunaqa mavzularni koproq yozish kerak, yoshlar uchun ham foydali

  26. Rashk qilmaslikni men juda kuchliman deb korsatadiganlar ham bor

  27. Balki shunchaki kongli sovugandir, buni ham tan olish kerak

  28. Eng muhimi bir-birini nazorat qilishga otib ketmasin

  29. Shunchaki rashk qilma deyish bilan hammasi hal bolib qolmaydi

  30. Bazida odam ozida nima bolayotganini tushunishi uchun vaqt kerak

  31. Men maqoladagi tuyguni ochirish tugmasi yoq degan fikrga qoshilaman

  32. Rostini aytsam rashkni juda yomon koraman ozi ham odamni ichidan yeydi. Lekin bazi paytlar rashk qilishga sabab boladigan vaziyatlar boladi. Ishonch bor joyda gaplashib olish eng yaxshi yol

  33. Rashk qilganimda doim men nosoglom fikrlayapmanmi deb o‘ylardim

  34. Aslida his qilgan narsangni tan olish uyat emas ekan

  35. Faqat shu tuygu sabab boshqa odamni cheklash notogri

  36. Maqolani oqib bitta narsani tushundim: rashk normal, toksik xatti-harakat normal emas

  37. Farqi juda katta aslida

  38. Hamma rashkni bitta qolipga solib yuboradida

  39. Menga eng yoqqani rashkning sababi har doim senda emas degan fikr boldi

  40. Bazida odamlar oz xatosini yashirish uchun sen menga ishonmaysan deb aytadi

  41. Lekin buning teskarisi ham bor, dalilsiz shubha bilan odamni qiynamaslik kerak

  42. Shoxrux

    Rashk bor joyda gaplashish kerak, urushib ketish emas

  43. Shoxrux

    Har safar rashk qilgan odamni masxara qilish ham notogri

  44. Shoxrux

    Lekin rashk qilyapman demak sevaman deb ozini oqlaydiganlar ham kop

  45. Hammasi togri yozilgan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social