Bir yozning issiq kuni ertalab yosh yigit o’zining asosiy savolini donishmandga berish uchun keldi:
– Ayting-chi, aqlli va ahmoq inson o’rtasidagi farq nimada?
– Men senga javob berishimdan oldin, sen biror narsa qilishing kerak, deb javob berdi donishmand va yosh yigitni tepalik yoniga olib bordi, tepalikda esa bir ombor bor edi.
– Nima qilishim kerak? – deb so’radi yigit.
– Uyimning hovlisida ko’p nam yog’ochlar bor. Men bu o’tinlarni shu omborga olib kelishingni istayman.
Yosh yigit hovliga qaytib keldi, u yerda yog’ochlar yotgan edi. Ular ko’p edi va ularning hammasi nam va og’ir edi. U charchab shu o’tinlarni kuni bo’yi omborga tashidi. Ishni tugatganida, allaqachon kech tushgan edi. Dono kishi bu vaqtda katta daraxt soyasida o’tirib, kitob o’qib va sharbat ichar edi.
– Men siz so’ragan narsangizni qildim – dedi yigit, cholning yoniga o’tirib. – Endi mening savolimga javob berasizmi? Chunki bu savol meni uzoq vaqt qiynayapti.
– Yo’q, men senga tushuntirolmayman. Sen yetarlicha tayyor emassan – dedi donishmand.
– Agar buni bilsang, unda nima uchun bu o’tinlarni tepalikdagi omborga olib keldim?
– Ko’ryapsanmi, – dedi donishmand ko’rsatkich barmog’ini ko’tarib. – Aqlli odam birinchi nima uchun bunday ishni qilish kerakligini so’ragan bo’lardi.
Har bir xatti-harakat maqsadga ega bo’lishi kerak, bu esa ushbu harakatni amalga oshiruvchi shaxsga ma’lum bo’lishi kerak. Kimningdir ta’siri ostida ham amalga oshirilgan harakatlar sizni qoniqtirmaydi va baxt keltirmaydi.
Raimjanova
Sharmina
Valijon
Qizi
xursanman ismizi manosi nma sir bumasa sharmina